Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Komilova Firuza Qo‘chqorovna o‘z pedagogik faoliyatidagi yutuqlari, ilmiy izlanishlari, tadqiqotlar natijasi, fanga qo‘shgan hissasi, fidoyiligi bois jamoaning, shu soha mutaxassislarining, o‘zi bilim bergan shogirdlarining hurmat - e’zoziga sazovor bo‘lgan olima ayollardan. Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (Hozirgi TDIU)ning “Iqtisodiy kibernetika” mutaxassisligini tugatgan Firuza Komilova 1980 - 1982 yillarda shu institutning izlanuvchi - tadqiqotchisi bo‘lgan.
U 1982 - 1985 yillar mobaynida aspiranturada o‘qidi.
Firuza Komilova 1985 - 1989 yillarda “Statistika” kafedrasida assistent, so‘ngra “Tijorat va marketing” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.
1992 - 1995 yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida doktoranturada o‘qigan.
Firuza Komilova 1995 - 1999 yillarda “Savdo menejmenti” kafedrasi dotsenti, 1999 yilda TDIU "Savdo menejmenti" kafedrasi professori, 1999 - 2006 yillar mobaynida "Turizm marketingi" kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2006 yildan 2008 yilgacha TDIUning “Servis” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2008 yildan 2011 yilgacha shu kafedra professori lavozimida faoliyat yuritgan.
Firuza Komilova 1985 yili “O‘zbekistonda iste’mol bozori va uni rivojlanishi demografik omillarining o‘rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1997 yil “Uzbekiston iste’mol bozori va uning rivojlanishida demografik omillarnig o‘rni” mavzusida Menejment-marketing ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Professor Komilova Firuza Qo‘chqorovna pedagogik faoliyati bilan birgalikda ilmi izlanishlarini ham olib borib, tadqiqotlar natijasi - ilmiy ishlarini yozib, taqdim etgan. Jumladan, uning 200 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlanmalari, 145 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, 4 ta monografiyasi, 4 ta uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.
Professor Firuza Qo‘chqorovna rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
2000 yilda Misrda va Hindistonda sohasi bo‘yicha tajriba oshirgan.
2006 yili oliy ta’lim tizimida tashkiliy va yoshlar bilan olib borgan ishlari uchun fax- riy yorliq bilan taqdirlangan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Komilova Firuza Qo‘chqorovna tomonidan chop etishgan asosiy o‘quv qo‘llanma va darsliklar:
1. Turizm marketingi. O‘quv qo‘llanma.TDIU 2007 yil.
2. Turizm industriyasi. O‘quv qo‘llanma. TDIU. 2007 yil.
3. Mehmonxona va restoran xizmatlar marketingi. Darslik. TGEU. 2007 yil.
4. Servis sohasi ob’ektlar iqtisodi.O‘quv qo‘llanma. TGEU. 2007 yil.
5. Xalqaro turizm bozori. Uquv qo‘llanma . TDIU. 2010 yil.
6. Xalqaro turizm marketingi. Darslik TDIU. 2010 yil.