O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Komilova Nilufar Qarshiboyevna

    Geografiya fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetida 2007 yildan buyon faoliyat yuritayotgan, pedagogik va ilmiy ishlarini uyg‘unlashtirib, taniqli olima va tajribali pedagog darajasiga yetgan Komilova Nilufar Qarshiboyevna ilm hamisha qadrlanib kelingan o‘qituvchilar oilasida dunyoga keldi. Otasi Qarshiboy aka va onasi Ma’rifat ayalar farzandlariga bolalikdan bilimga muhabbat bilan birgalikda kamtarlik, fidoyilik va kasbiga sadoqat bobida o‘zlari o‘rnak edilar. Balki shuning uchun ham bu xonadonda tarbiya topgan to‘rttala farzand ham pedagogika sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Buxoro Davlat Universitetining tabiatshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, uni imtiyozli tamomlagan Nilufar Komilova Uz MU ning geografiya fakultetiga aspiranturaga qabul qilindi. 1999 yili “Buxoro viloyatining nozogeografik vaziyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qildi. 2001 - 2005 yillarda O‘zMUning geografiya fakulteti doktoranti, 2002 - 2005 yili dekret ta’tili davrida shu universitetining huquqshunoslik fakultetini ham imtiyozli tugatdi.
    Nilufar Qarshiboyevna “Uzbekiston tibbiy geografik sharoitining hududiy tahlili va aholi salomatligi” mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. U oilali, uch farzandning onasi bo‘lishiga qaramay hamisha o‘qish, izlanishdan charchamaydi. Yoshlarga saboq berish, pedagogik foliyatidan tashqari “Tibbiyot geografiyasi’ deb nomlangan monografiya, asosan aholi salomatligini geografi: o‘rganish, muhofaza qilishga bag‘ishlangan 10 ga  yaqin o‘quv qo‘llanmasi, nozoekologiya va no gogeografik yo‘nalishida 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Ko‘pgina Xalqaro konferentsiyalarda maqolalari bilan ishtirok etgan. Aholi salomatligini o‘rganish maqsadida Surxondaryo, Xorazm, Samarqand Toshkent viloyatlarida tadqiqot ishlarini olib borgan. Fakultetda Sifat komissiyasi raisi bo‘lib faoliyat yuritgan. Hozirda to‘rtta  shogirdining ilmiy ishlariga rahbarlik  qilmoqda.
    U turmush o‘rtogi Isabek Murtazayev bilan birgalikda farzandlari Gulruh, Usmonbek, Mohiro‘ylarni ham ilm yo‘lidan boruvchi oqil, zukko bo‘lib voyaga yetishlarida hamisha o‘zlar o‘rnaklar. Zero, farzandlar ota – ona o‘giti, nasihatidan ko‘ra, ularning o‘zidan, yurish - turishidan ibrat oladilar.
    Oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgan yosh Nafisaning quvnoq, erka bolaligi erta tugadi. yoshlida otadan qolgan qizaloq onasiga ukalari, ikki yashar singlisini voyaga yetkazishda tirgak bo‘ldi. Balki shuning uchun ham hayotda qiyinchilikarni kulib yengishni, bar cha narsadan yaxshilik, g‘o‘zallik izlashni, o‘z kuchiga ishonishni o‘rgangandir. U hamisha olg‘a intilishni, yangiliklar qilishni, ertamiz bo‘lgan yoshlarga ko‘proq ilm berish nafi tegishni istaydi, beorom yoniq qalb sira tinim bilmaydi. Nafisa Komilova yumushlari ko‘p bo‘lishiga qaramay 2013 yil “Istiqbol mash’al” o‘quv markazi tashki etib, unda abiturientlarni o‘quv yurtlarig tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu o‘z ilmimni imkon qadar yoshlarga o‘rgataman degan iqtidorli, olovqalb xotin - qizlarimiz uchun Davlatimizning yaratayotgan imkoniyatlar ortidandir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10