O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Komilova Xolida Xafizovna

Komilova Xolida Xafizovna    O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Dizayn” sho‘basi raisi, modeler - dizayner, texnika fanlari doktori, professor, Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Komilova Xolida Xafizovna samarali mehnatlari uchun 1992 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘I”, 2001 yilda “Ofarin” Davlat mukofoti, 2007 yilda “San’at va me’morchilik sohasi”dagi II darajali Davlat mukofoti bilan mukofotlangan.
  2006 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelmokda. Respublika va xorijda o‘zining betakror uslubdagi o‘zbekning adras, atlas, banoras, shoyi va boshqa matolaridan tayyorlangan liboslari bilan o‘zbek milliy matosini, xalq an’analari, o‘zbek kiyim sanoati tarixi va istiqbolini keng miqyosda targ‘ib qilib, ma’lum va mashhur etib kelayotgan taniqli dizayner va jamoat arbobi.
  Xolida Komilova 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 9 ta ixtiro, 60 dan ortiq uslubiy ishlar hamda I ta monografiya, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun 5 ta darslik muallifidir. O‘lar yaratgan barcha adabiyotlar ko‘p yillar davomida Respublika tanlovlarida “Yilning eng yaxshi darsligi” deb topilib, birinchi va ikkinchi o‘rinlarga ega bo‘lgan.
  Komilova Xolida Xafizovna 1991 yildan Xalqaro Dizaynerlar uyushmasining raisi, 1998 yildan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Dizayn sho‘basiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2005 yilda serqirra ijodkorning tashabbusi bilan ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi modelerlari “OSIYO RAMZI” uyushmasining raisi lavozimida ham samarali faoliyat olib bormoqda.
  Olimaning muallifligida ko‘p yillar davomida bir nechta Respublika va xalqaro ahamiyatga ega loyihalar amalga oshiriladi: “Shark libosi  dizaynerlar ijodi manbai” Xalqaro konferentsiyasi va ko‘rgazmasi, “O‘zbekiston dizayn kadrlarni tayyorlash muammolari” Respublika ilmiy - uslubiy seminari, “Dizayn va to‘qimachilik” Respublika ko‘rgazmasi, “O‘zbekistonda dizayn” Respublika ko‘rgazmasi, “Bolajonlar – shirintoylar” Respublika Moda Festivallari, “Zargarlik” Respublika festivali, “OSIYO RAMZI” Xalqaro Moda ko‘rgazmasi, “Pret - a porte” Moda namoyishlari, “O‘zbek libosi an’analari va zamonaviylik” Respublika festivali, “Milliy matolar va liboslar” ko‘rgazmasi, “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini loyihalash jarayonini takomillashtirish va kadrlar tayyorlash muammolari” Respublika ilmiy - amaliy anjumani kabi yirik tadbirlarda dizayner - tashkilotchi sifatida tanildi. “STYLE.UZ”, “Toshkent moda haftaligi” kabi Respublika dizayn va moda haftaliklarining asosiy tashkilotchilaridan biri sifatida Xolida Komilova dunyo miqyosida qadrlanadigan milliy liboslar dizaynining yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazmalar, namoyishlarni juda samarali tashkil etishga erishdi.
  Xorijiy mamlakatlarda taniqli modeler - dizayner Xolida Xafizovna boshchiligida o‘zbek milliy liboslari to‘plamlarining taqdimotlari muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmoqda.
  O‘zbek milliy liboslarining dizayni mahalliy iqlim sharoitlariga mosligi ham inobatga olinmokda. Jumladan, Xolida Komilova harbiy askarlar va zobitlar uchun, ichki ishlar, milliy xavfsizlik, prokuratura, bojxona, soliq qo‘mitasi xodimlarining talablari asosida tayyorlanayotgan bosh kiyimlarga asosiy dizaynni tayyorlamokda.
  Modeler - dizayner Komilova Xolida Xafizovna 1982 yilda institutda “Modalar teatri”ni tashkil etib, unga rahbarlik qilib kelmoqda. Respublika va xalqaro ko‘rgazma, tanlovlarda O‘zbek milliy liboslarining yangi modellarini tanitib, O‘zbekiston san’ati yutuqlarini namoyish etmoqda.
  2012 yilning fevral oyida Londondagi “Moda haftaligi”, aprelda esa Milandagi “Dizayn xaftaligi”da “O‘zbek milliy liboslari” loyihasi rahbari sifatida o‘zi hamda shogirdlari tomonidan liboslar to‘plamlari muvaffaqiyat bilan namoyish etilib, moda ixlosmandlari, tomoshabin va soha mutaxassislarining e’tirofi va olqishiga sazovor bo‘ldi.
  2012 yilda o‘tkazilgan “Navro‘z” umumxalq bayrami tadbirlari doirasida ilk bor Xolida Komilovaning g‘oya va loyihasi asosida yaratilgan 80 tadan ortiq O‘zbekiston hududlari bo‘yicha “Milliy etnografik liboslar”ning to‘liq to‘plami namoyish etildi. O‘ning moda sohasida kilayotgan ishlari, madaniy qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkazib, yangi dizayn loyihalarini ommaga taqdim etib kelayotgani tahsinga sazovordir.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5