Biologiya fanlari doktori professor Kuchkarova Lyubov Salijanovna ilmni qadrlagan, halol mehnat bilan farzandlariga rizq topgan oddiy pedagoglar oilasida unyoga keldi. Ota - onadan ilmga qiziqish, mehnatdan qochmaslik, orzulari sari intilishni o‘rgandi. Bugungi kunda Lyubov Salijonovna biologiya sohasidagi taniqli olimalardan.
1976 yil Andijon Davlat Universitetini tugatgan yosh mutaxassis Lyubov Kuchkarova o‘z mehnat faoliyatini ana shu universitetning Biologiya fakultetida o‘qituvchi sifatida bosh - ladi. 1985 yili turmush o‘rtog‘i Siddiqov Jaxongir Temirovich bilan aspirantura, so‘ngra esa doktaranturada o‘qishni davom ettirdi. 1989 yili nomzodlik, 2002 yili esa doktorlik dissertatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika instituti qoshida himoya qildi. 2006 yilda O‘zbekiston milliy universitetiga Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasiga professor lavozimiga ishga qabul qilindi va shu davrdan to bugungi kungacha kafedra professori bo‘lib ishlamoqda.
Biologiya fanlari doktori, professor Kuchkarova Lyubov Salijanovna o‘z pedagogik va ilmiy faoliyati asosida 4 ta darslik va 15 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmani nashr etdi. Kuchkarova Lyubov Salijanovna tomondan 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan Endocrinologiya (Chexoslovakiya), Social biology (AQSh), Fiziologicheskiy jurnal Rossii, Vopros: pitaniya (Rossiya) singari nufuzli ilmiy jurnallarida chop etildi. U rahbarligida 1 ta fan nomzodi tayyorlandi va bugungi kunda 3 nafar mustaqil tadqiqotchilar tayyorlanmoqda. Professor Kuchkarova L.S. xalqaro STCU (AQSh- O‘ZBYeKISTON (2005-2008); CRDF (AQSh – O‘ZBYeKISTON )(2008-2011) Yevropa ittifoqining CASIA (2013) hamda respublika miqyosida 10 ta asosiy, amaliy va innovatsion yo‘nalishdagi ilmiy loyihalar va 4 ta ijtimoiy loyihalarning ishtirokchisi bo‘lgan.
Bugungi kunda olima “Me’da - ichak tizimining ekotizimi va ekologik ifloslangan ozuqa” asosiy loyihasini boshqarib turibdi. 2002 yili u Janubiy Koreyaga, 2008, 2010, 2011, 2013, 2015 yillari Amerika qo‘shma shtatiga ilmiy sayohatga, 2013 yilda esa Yevropa Ittifoqi CASIA byudjetning sovrindori sifatida Gollandiyaning Vaginingen shahriga 3 oylik sayohatga borib keldi. O‘zR Oliy attestatsiya hay’atining biologiya sohasidagi a’zosi bo‘lib, bugungi kunda Odam va hayvonlar fiziologiyasi yo‘nalishidan ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashning a’zosidir.
Professor Lyubov Salijanovnaning ilmiy qiziqishlari ovqat hazm qilish va ovqatlanish xususiyatlarini o‘rganishga bog‘liqdir. U va uning shogidlari tomonidan olib borilgan ishlar shuni ko‘rsatdiki, turli muhit omillarining ta’sirida hazm traktidagi gidrolitik va transport faolligida qator negativ siljishlar ro‘y berar ekan. Hazm fermentlarining faolli gi jinsga, yoshga bog‘liq. Ayrim ekotoksikantlar oshqozon osti bezida pankreatit, diabet, kantserogen kasalliklarga o‘xshash siljishlarni keltiradi. Bunday salbiy o‘zgarishlarni tuzatish uchun parhezshunoslik usullari izlanmoqda. Undan tashqari Lyubov Kuchkarova tomonidan tuproq umurtqasizlarida (termitlar, yomg‘ir chuvalchanglar) ovqatlanishning o‘ziga xosligi va hazm jarayonining rivojlanish xususiyatlari ularning yashash sharoitiga, oziqaning tabiatiga va individual rivojlanishdagi bosqichiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatildi.
Olima AQSh, Ukraina, Rossiya, Latviya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda simpoziumlar va konferentsiyalarning faol ishtirokchisidir. U “Ustoz” jamg‘armasining sovrindori sifatida 2003 yilda Janubiy Koreyada safarga borib kelgan.
Lyubov Kuchkarova ikki o‘g‘ilning onasi va ikki nabiraning buvisidir.