O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kulboyeva Saodat Safarovna

Kulboyeva Saodat Safarovna    O‘z zamonamizning bilimdonlaridan biri, shoir va mutafakkir olim Abdurahmon Jomiy butun kuch - g‘ayratini shogirdlari va yordamchilariga bilim berishga bag‘ishlagan. U:
  Ilmni dilga jo qilishga tirish, 
  Bilib ol - da, so‘ngra chin ishga kirish, —
  deya yoshlarga murojaat qilgan edi. Kaxramonimiz Saodat Kulboyeva xam go‘yoki ushbu murojatni eshitgan. U mana bir necha yillardan beri, ilm o‘rganib, o‘rganganlarini yoshlarga sidqidildan o‘rgatishga bel bog‘lagan.
  Kulboyeva Saodat Safarovna 1957 yilda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumannda tug‘ilgan. U 1979 yilda Sirdaryo Davlat Pedagogika institutini a’lo baholarga bitirib, ish faoliyatini Guliston shaxar 6 - o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshladi. Saodat Safarovna Guliston Davlat universitetida 1980 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida u laborant, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishladi. 1958 yildan 1989 yilga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti qoshidagi aspiranturada o‘qidi. 1991 yilda esa nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  1995 yildan buyon S. Kulboyeva dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 1997 yildan to bugungi kungacha u Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri. Qator fanlardan ma’ruzalar o‘qib, amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bitiruvchi kurs talabalarining diplom ishlariga, pedagogik amaliyotlariga raxbarlik qilib kelmoqda. Saodatxonning iqtidorli talabalar bilan olib borayotgan ishi diqqatga sazovordir. U tayyorlayotgan yoshlar Respublika talabalar olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
  “U faol jamoatchi, qat’iyatli, fidoyi inson”, — deydilar Saodatxon haqida hamkasblari.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5