O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kuluyeva Flora Gaynutdinovna

Kuluyeva Flora Gaynutdinovna    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Kuluyeva Flora Gaynutdinovna ToshDU (Hozirgi UzMU) tarix fakultetining “tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik o‘situvchisi” mutaxassisligini tugatgan.
  U 1974 yildan hozirgi kungacha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika universitetida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z faoliyatini assistent lavozimida boshlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan so‘ng dotsent lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda. 1984 yilda “Osobennosti formirovaniya duxovnoy sferm sovetskogo obraza jizni v usloviyax perexoda k sotsializmu, minuya kapitalizm (na primerax Uzbekistana)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1988 yilda dotsent lavozimiga tasdiqlangan.
  Flora Kuluyeva universitetdagi faoliyati davomida Mexanika - mashina qurilishi fakulteti Ilmiy kengashi a’zosi, yosh ma’ruzachi maktabining dekani, kafedra mudiri o‘rinbosari hamda kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
  U shu kunga qadar 100 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, ishlanmalar, maqolalar va tezislar yozgan va chop ettirgan. Shuningdek, Xalqaro va Respublika anjumanlarida, radio va televidenieda nutqlari bilan qatnashib kelmoqda. Abu Rayhon Beruniy nomidagi TDTU talabalari va professor - o‘qituvchilari o‘rtasida o‘z xizmatlari orqali obro‘ va hurmatga sazovordir. Universitet rektori tomonidan bir necha marotaba faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
  Dotsent Flora Kuluyeva faoliyat olib borayotgan fakultetlarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori nazariy va uslubiy darajada yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda olib bormoqda.
  Geologiya va kopchiliq ishi fakultetida murabbiy sifatida va TDTU talabalar turar joylarida davra suhbatlari orqali talabalar o‘rtasida ulkan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Mahalla qo‘mitalarida ma’ruzalari bilan muntazam ishtirok etadi.
  Flora Kuluyeva kamtarin va fidoyi pedagog, olima sifatida o‘z tajribasini yosh o‘qituvchilarga o‘rgatib kelmoqda. Shuningdek, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida nazariy seminar rahbarligi faoliyatini ham olib bormoqda.
  Flora Gaynutdinovna ikkita o‘g‘ilni tarbiya qilmoqda.
  Katta o‘g‘li Kuluev Ruslan Elektronika va avtomatika fakulteti “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Ruslan Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi. U 2 ta patent va 20 ga yaqin maqolalar chop ettirgan. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan talabalar anjumanlarida nutqlari bilan qatnashib keladi. Har yili o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” mavzusidagi Respublika innovatsion yarmarkasi qatnashchisi. Olima Flora Kuluyeva farzandlarining yutuqlari, kamolidan ko‘ksi tog‘dek ko‘tariladigan ayollardan. Zero, insonning mehnatlari davomchisi, hayotining ma’nosi uning ishini davom ettirguvchi shogirdlari va jondan aziz farzandlari misolida ko‘rinsa ajabmas.
  Hozirgi kunda Ruslan Elektronika va avtomatika fakulteti “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisligi magistri hisoblanadi.
  Ruslan Kuluyevning TDTUda ta’lim olish davrida yuzaga kelgan barcha ilmiy ishlari iqtisodning u yoki bu tarmog‘iga yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirgi kunda ularning har biri jamiyat ravnaqi uchun zarur bo‘lgan ishlanmalardir.
  Kichik o‘g‘il Kuluyev Timur Elektronika va avtomatika fakulteti “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriaturaning 4 - bosqichida a’lo baholarga o‘qib kelmoqda. Timur Toshkent Davlat Texnika universiteti qoshidagi Harbiy kafedrani a’lo baholarga tugatdi.
  Kuluyeva Flora Gaynitdinovna gullab - yashnayotgan Vatanimiz ravnaqi va barqarorligi uchun barcha kuch - g‘ayrati va o‘z mehnatini sarflovchi yetuk mutaxassislar, ilmli shogirdlar tayyorlayotganidan, komil o‘g‘illarni ulg‘aytirayotganidan va albatta, ilm - fanga qo‘shayotgan hissasidan hamisha mamnun.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5