Latipova Nodira Muxtorjanovna o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyatini 1991 yildan o‘zi tahsil olgan ToshDU (hozirgi O‘zMU )da tadkiqotchi - izlanuvchi sifatida boshladi. So‘ngra o‘qituvchi, katta o‘qituvchi vazifasida faoliyat olib bordi. 2011 yildan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti “Sotsiologiya va ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Dotsent, sotsiologiya fanlari nomzodi.
Nodira Latipova pedagogik hamda ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati davrida o‘zini vijdonli, mas’uliyatli, o‘ziga va talabalarga nisbatan talabchan o‘qituvchi sifatida namoyon etdi. O‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirishda ijodiy yondashish, muntazam ravishda o‘z ustida ishlash unga xos bo‘lgan muhim fazilatlardandir. Shu boisdan hamkasabalari va talabalar hurmatiga sazovor.
Nodira Muxtorjonovna “Sotsiologiya” yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Siyosiy sotsiologiya”, “Yoshlar sotsio - logiyasi”, “Njtimoiy ish asoslari”, “Ijgimoiy ish” yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Ijtimoiy ish nazariyasi”, “Ijtimoiy ish etikasi”; “Umumiy sotsiologiya”, boshqa fakultetlarda “Sotsiologiya”, magistragura mutaxas - sisligida esa “Sotsiologiyaning dolzarb muamolari: nazariya va amaliyot” va “Kommunikatsiya sotsiologiyasi”, “Ota va ona qarovsiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Shu bilan birga bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qiladi.
Olima xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy anjumanlarda o‘zining maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, u fakultetning ma’naviy - ma’rifiy, o‘quv - uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi.
Nodira Latipovaning shu paytgacha 6 ta o‘quv - uslubiy ishlari va 70 ta maqolalari nashr ettirilgan.
U hozirda Oliy ta’limning me’yoriy - huquqiy zaxirasini tayyorlash va takomillashtirish, o‘quv jarayoni holatini o‘rganish, ta’lim sifatini oshirishni taxlil qilish va takliflar tayyorlash, zamonaviy tex - nologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bakalavriatning 2 ta yo‘nalishi va magistraturaning 2 mutaxassisligi bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etgan.
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 6 ta fanning o‘quv dasturlarini tahlil etgan.
Respublika ”Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida tahlilchi sifatida ishlamoqda va ushbu Markazning muhim ilmiy tadqiqot loyihasining ishtirokchilaridan biri.
Davlat ta’lim dasturining sotsiologiyani ustuvor muammolariga bag‘ishlangan, “O‘zbekiston yoshlari: hayotda tutgan o‘rni, axloq, ijtimoiy mo‘ljallar”, “Oila va axloq”, “O‘zbekiston umumiy uyimiz” mavzulari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. 2015 yildan – “O‘zbekiston zamonaviylashuv sharoitida oila va bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy hamkorlik masalasi” nomli loyihaga rahbarlik qilmoqda.
Nodira Muxtorjonovna bir qator ilmiy konferentsiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda. “Bolalikdan ulg‘ayish sari: ijtimoiy himoya, ijtimoiy ish, ijtimoiy intefatsiya” (2009), “Sog‘lom turmush tarzi - barkamol avlod tarbiyasining asosi” (2010) xalqaro konferentsiyalarida, “O‘zbekiston Respublikasida bolalarni ijtimoiy himoya kilish tizimini rivojlantirishning istiqbollari” (2007), “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sotsiologiya fani tarakqiyotining dolzarb muammolari” (2010), “Barkomol avlodni shakllantirish - ma’naviy taraqqiyot omili”. (2010), “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini” (2011), Modernizatsiya upravleniya sistemoy sotsialnoy zashitiy detey v Uzbekistane: dostijeniya i perspektivi razvitiya (2011) xalkaro konferentsiyalarida, “Shaxs barkamolligi: axloqiy - estetik jihatlar” (2012) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlari, “Fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish” ( 2012 ) ilmiy - amaliy konferentsiyalari shular jumlasidan.
Nodira Latipova kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va fanni amaliyot bilan integratsiyasini kengaytirish, zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalarini joriy qilish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.
Nodiraxon oilada sarishta beka, Boburmirzo hamda, Charosxon ismli farzandlarning mehribon onajonisi.