O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Leonov Nikolay Ivanovich

Geografiya  fanlari nomzodi, professor

    1894 yil 1 mayda tug‘ilgan.  Geografiya  kafedrasining asoschisi, geograf , tarixchi  va shoir , O‘zbekiston maktablari uchun ko‘plab  yuqori  malakali geograf – o‘qituvchilar  kamol  topishida  katta  hissa qo‘shgan tarbiyachi - pedagog . U 1918 yili Moskva davlat  universitetining tarix – filologiya  fakultetini  tamomlab, 1920 - 1927  yillarda  Tomsk universitetida   o‘qituvchi lavozimida  faoliyat  olib bordi.  Keyinchalik, yani 1928 - 1930 yillarda  Moskva davlat universitetida o‘qituvchi - metodist, Sibir va O‘rta Osiyo jurnallari bo‘yicha referent hamda Ikkinchi Moskva universiteti  qoshidagi Milliy pedagogika institutida  o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Olimning  Farg‘ona  davlat pedagogika  institutidagi  faoliyati 1930 yillardan  boshlangan  bo‘lib, 1930 - 1958 yillarda  geografiya kafedrasi mudiri, 1968 - 1970 yillarda  kafedraning professor  konsultanti  vazifalarida  faoliyat  olib bordi. N. I. Leonovga  1934 yilda  Oliy attestatsiya  Komissiyasi  tomonidan  professor  unvoni berildi. 1936 yilda esa geografiya  fanlari doktori V. A.  Kamentskiy va S. G  Grigorevlarning  tavsiyalari  bilan uning  chop etilgan ishlari uchun himoyasiz geografiya  fanlari  nomzodi  ilmiy  darajasi  berildi.
  N. I. Leonov  kafedrada professor - konsultant (1968 - 1970) bo‘lib  ishlagan  davrda  geografiya   tarixi va geografik   bilimlarni  ommalashtirish   sohasida  bir  qator  ishlarni amalga oshirdi. N. Leonovning 1949 yilda  chop etilgan  “Mirzo Ulug‘bek  - XV asrdagi  mashhur  astronom”  nomli  risolasi  uni keng  kitobxonlar   ommasiga   tanishtirdi. Shuningdek, uning monografik  tadqiqotlarida  Turkiston  tabiatini  o‘rganishda  katta hissa  qo‘shgan  olimlarning  ilmiy ishlari  tushunarli va qiziqarli  tarzda  bayon qilib berilgan. N. I. Leonov 1969 yili “Zemlya i  Lyudi” ilmiy - ommabop  jurnalida  Farg‘ona vodiysida lyoss  jinslarining  hosil  bo‘lishiga  doir  eol gipotezasini elon qildi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5