O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Lyudmila Nikolayevna

    Ayolni ko‘rgan kishi uning zukkoligiga, bir necha tilni chuqur bilganiga tan beradi. Zero Lyudmila Nikolayevna o‘zbek urf - odatlarini xam, xalqimizning boy tilini bilishi xam o‘zining burchi deb tushunadi. U 1948 yilning 21 aprelida Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1975 yilda Toshkent Davlat Chet tillar institutini, 1982 yilda esa Resnublika rus tili va adabiyoti institutini tamomlagan.
    L.N.Raxmatullayeva M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at institutida 1979 yildan beri intilamoqda. Avval oddiy o‘qituvchi, so‘ng katta o‘qituvchi darajasiga ega bo‘lgan. 1992 yildan beri esa tillar kafedrasi dotsentidir. Bu orada 1984 yilda Lyudmila Nikolaevna Nizomiy nomidagi Topgkent Davlat Pedagogika instituti aspiranturasiga o‘qishga kirdi. “Atamalar leksikografiyasi san’atshunoslik terminlarini o‘rganish asosidir” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu mavzuga tegishli turli konferentsiyalarda, Kiyev, Sankt - Peterburg shaharlarida o‘tgan xalqaro yig‘inlarda ishtirok etdi.
    Dissertatsiya mavzusiga oid ilmiy maqolalar yozib, “O‘zbek tili terminologiyasi”, “O‘zbek, rus tillari va adabiyotining maktabda o‘qitilishi”, “Tilshunoslik” jurnallari, ishlagan va ishlayotgan instituti ilmiy to‘plamlarida nashr ettirdi. 1992 yilda “Rassom — ijodkor” o‘quv - qo‘llanmasi, 1997 yilda esa “Go‘zallik haqida so‘zlashamiz”, “Mening bo‘lajak kasbim” kitoblari muxlislar qo‘liga yetib keldi. Shu kecha - kunda Lyudmila Nikolayevna san’at soxasidagi o‘zbekcha - ruscha so‘zlar lug‘ati o‘quv kitobi ustida ish olib bormoqda.
    Olima ustoz 1995 yildan beri institut Tillar kafedrasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2001 yildan beri “8agts auoI” Xalqaro ayollar jamg‘armasi a’zosidir.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5