O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Madaliyev Mallaboy

Madaliyev MallaboyPedagogika fanlari nomzodi, professor,
O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan  xalq talimi xodimi

    1924  yil  5 yanvarda Rishton  qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1939 - 1944 yillarda Rishton  tumanidagi 1 - maktabda o‘qidi. 1944 - 1946 yillarda  armiya  safida  xizmat  qildi. 1946 yilda  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat pedagogika instituti  fizika - matematika  fakultetiga  o‘qishga kirib, 1949 yilda  imtiyozli diplom  bilan bitirdi.
  1949 - 1950 yillarda Rishton tumanidagi 1 - o‘rta maktab direktori, 1950 - 1953 yillarda Marg‘ilon o‘qituvchilar institutida fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishladi. 1953 - 1962 yillarda Rishton tumanidagi o‘rta maktabda o‘qituvchilik qildi. 1961 yildan 1968 yilgacha Toshkent shahridagi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutida eksperimental fizika laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.
  1967 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti ixtisoslashgan Kengashida “Sakkiz yillik maktablarning fizika darslarida ilmiy - ateistik tarbiya” (“Nauchno - ateisticheskoe vospitanie uchashixsya na urokax fiziki v vosmiletney shkole (na materiale shkol UzSSR)” mavzusida 13.00.02 ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyani himoya qilgan. 1968 yildan buyon pedagogika fanlar nomzodi. 1970 yilda unga fizika - matematika kafedralari bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.
  M. Madaliyev 1976 yil 1 yanvardan doktorlik dissertatsiyasini tugatish maqsadida ikki yil muddatga katta ilmiy xodim lavozimiga o‘tkazildi. U ko‘p yillik izlanishlar bilan pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun “Fizika darslarida ateistik tarbiyaning asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini tayyorladi va sobiq SSSR pedagogika fanlari akademiyasi o‘qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot instituti (NII soderjaniya i metodov obucheniya APN SSSR) fizika o‘qitish laboratoriyasiga taqdim etdi. Biroq, baxtga qarshi, urushda olgan jarohatlari, bulardan kelib chiqqan kasalliklari tufayli doktorlik disseratsiyasining himoyasi vaqtincha to‘xtab qoldi.
  M. Madaliyev 1968 yildan Qo‘qon davlat pedagogika institutida kafedra mudiri, dotsenti, matematika fakulteti dekani lavozimlarida ishladi. 1990 yil 28 dekabrdan matematika o‘qitish metodikasi va fizika kafedrasida professor lavozimida, 1991 yil 30 dekabrdan esa fizika kafedrasi professori va mudiri lavozimida ishlagan.
  1990 yil 18 yanvarda o‘quvchi va talaba yoshlarga ta’lim - tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari hamda jamoatchilik ishida faol qatnashganligi uchun M.Madaliyev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 1985 yilda O‘zbekiston Oliy Kengash Prezidiumi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Faxriy yorlig‘i bilan hamda sobiq Ittifoq maorif a’lochisi nishoni bilan taqdirlangan.
  M. Madaliyevning 44 ta ishi e’lon qilingan, shulardan 1 tasi monografiya, 7 tasi ilmiy, 36 tasi o‘quv - uslubiy qo‘llanmalardir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5