Komil Hamidovich Madmurov 1956 yil 25 iyulda Namangan viloyati Norin tumani Haqqulobod shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1963 - 1973 yillarda tumandagi Navoiy nomli 67 - shrta maktabda o‘qigan. 1973 - 1981 yillarda Toshkent politexnika institutining Angren shahridagi kechki umumtexnika fakultetida o‘qib, sanoat va fuqoro qurilishi ixtisosligini egalladi. Shu yillar ichida Angren shahridagi “Uzbekshaxtsroy” trestida duradgor, “Uzbekzoloto” trestida mashinist bo‘lib mehnat qildi.
1975 — 1977 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.
1981 yil sentyabr oyidan ToshPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasida assistent va shu bilan birgalikda 1983 — 1987 yillarda talabalar kasaba uyushmasining raisi vazifasida faoliyat ko‘rsatdi.
1987 — 1990 yillarda Toshkent temir yo‘l injenerlari institutining grafika kafedrasida kunduzgi aspiranturada tahsil oldi.
1990 yildan 2000 yilgacha Namangan muhandislik - pedagogika institutining chizma geometriya va chizma - chilik kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida igila- di.
1994 yilda chizma geometriya va muhandislik grafikasi ixtisosi bo‘yicha “Mashina va mexanizmlarning egiluvchan qismlarini vint halqa sirti shaklida loyihalash va asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsi- yaeini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2000 yilda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan “Yoyilmalar” (A. Akbarov bilan hammualliflikda) nomli o‘quv qo‘llanmasini chop ettirdi. Shu yil sentyabrdan boshlab Namangan muhandislik - pedagogika institutining chizma geometriya va mu - handislik grafikasi kafedrasi mudiri bo‘lib ishlab kelmokda.
K. H. Madumarov 30 dan ortiq metodik va ilmiy ishlar muallifidir. Uning hamkaeblari bilan tayyorlagan chizma geometriya fanidan ma’ruzalar matni respublika “Ma’rifat” gazetasida e’lon qilingan eng yaxshi ma’ruzalar matnlari qatoridan joy oldi.
K. H. Madumarov kasb - hunar kollejlari bilan doimiy aloqada ishlab keladi. Kasb - hunar kolleji talabalari uchun chizmachilik fanidan 6 ta uslubiy ko‘rsatma va 2 ta o‘quv qo‘llanmasi chon ettirgan. Kasb - hunar kollejlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib bormoqda.
2004 yilda chizmachilik fanidan “Yig‘ma birlik chizmalarini o‘qish va detallashtirish uchun chizmalalar albomi” nomli o‘quv ko‘llanmasini “O‘qituvchi” nashriyotida chop ettirdi.