1927 yil 15 mayda Marg‘ilon shahrida tug‘ildi. Marg‘ilondagi 8 - maktabda 8 - sinfga qadar o‘qidi. So‘ngra II Jahon urushi tufayli to‘rt yil o‘qishni to‘xtatib, keyinchalik shahardagi 2 - maktab 8 - 10 sinflarida o‘qib, o‘rta malumotga ega bo‘ldi. 1951 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirdi va 1955 yili tamomlab , fizika - matematika o‘qishga kirdi va 1955 yili tamomlab , fizika - matematika o‘qituvchisi ixtisosiga ega bo‘ldi. U mehnat faoliyatini shu fakultetning fizika va mehnat o‘qitish metodikasi kafedrasida o‘qituvchi lavozimidan boshladi. Bu kafedrada 1978 yilgacha ishladi. 1979 yil dotsent ilmiy unvonini olgach, o‘zi ishlayotgan kafedraga mudirlik qildi. 1983 yildan 1985 yilgacha esa mehnat o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat olib bordi. 1985 yilda institutdan o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shab, Marg‘ilondagi 1 - MUPKda duradgorlikdan dars bera boshladi. 1988 yilda yana FDPIga qaytib, mehnat o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishni davom ettirdi. 1991 yilda nafaqaga chiqdi. 1992 yildan 1996 yilgacha Marg‘ilon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini kotibi lavozimida ishladi.
S. Mahkamov 1978 yilda J. Ramizov bilan hammualliflikda pedagogika instituta industrial - pedagogika fakulteta talabalari uchun “O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan praktikum” nomli o‘quv qo‘llanmani chop ettirdi. 1991 yilda bu kitob S. Mahkamovning yakka muallifligida qayta ishlanib, to‘ldirilgan holdagi 2 - nashri bosilib chikdi. Pedagogika institutlarining talabalari va umumiy ta’lim maktablarining mehnat o‘qituvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan “Slesarlik ishini o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi 1981 yilda chop etilgan. Bu qo‘llanmaning qayta ishlanib, to‘ldirilgan ikkinchi nashri 1988 yilda nashrdan chiqdi.
Uning xizmatlari 1991 yilda “O‘zbekistan xalq maorifi a’lochisi” nishoni va bir qancha faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.