O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahkamova Mamlakat Abdukodirovna

    Toshkent Davlat Texnika universiteti “Iqtisodiyot va marketing” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Mahkamova Mamlakat Abdukodirovna o‘z pedagogik mahorati, ilmiy salohiyati, fidoiy mehnatlari, go‘zal fazilatlari bilan e’zoz topgan olima ayol. Mamlakat Mahkamova 2002 yildan 2004 yilgacha Toshkent Davlat Texnika universiteti qoshida respublikaning ko‘plab viloyatlari qishloq yoshlarini tadbirkorlik faoliyati va biznes menejmenti bilimlari va ko‘nikmalariga o‘rgatuvchi Biznes maktabni tashkil etdi va muvaffaqiyatli boshqardi.
    2004 - 2005 yillarda Toshkent Davlat Texnika universitetining “Biznes boshqaruvi” fakulteti dekani, 2005 - 2012 yillarda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining “Iqtisod va boshqaruv” fakulteti dekani lavozimlarida ishladi. 2012 yildan Toshkent Davlat Texnika universitetining “Iqtisodiyot va marketing” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda..
    Mamlakat Mahkamova 1994 yili iqtisod fanlari nomzodi, 1998 yili dotsent ilmiy unvoniga, 2004 yili iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga va 2008 yilda professor ilmiy unvoniga erishdi.
    Olima 200 dan ortiq ilmiy ishlar darslik, monografiyalar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, jumladan, 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 25 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda 4 ta patent muallifi.
    Respublikada sanoat korxonalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va boshqarish muammolari tadqiqoti bo‘yicha ilmiy maktabni yaratdi. Ilmiy maqolalari Germaiiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Malayziya, Indoneziya, Eron va boshqa xorijiy mamlakatlarda chop etilgan.
    Professor Mamlakat Mahkamovaning rahbarligida 1 nafar iqtisod fanlari doktori, 5 nafar iqtisod fanlari nomzodi tayyorlangan. Mahkamova Rossiya oliy o‘quv yurtlari (G.V. Plexanov, nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti, Moskva energetika instituti, Sankt - Peterburg politexnika universiteti va boshqalar) bilan oliygohlararo aloqalarni kengaytirishda faol ishtirok etib kelmoqda. U xalqaro konferentsiyalarning faol ishtirokchisidir.
    Professor Mamlakat Mahkamova “O‘zbekistonda liberallashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish" davlat ilmiy texnika dasturining “Davlat ilmiy - texnika siyosatini shakllantirish va uni tadbiq etish mexanizmi" dasturini ishlab chiqishda ham faol ishtirok etgan.
    Buyurtmachi korxonalar bilan ishlash tajribasi va bilimiga ega, jumladan, “Razrabotka organizatsionno - ekonomicheskoy modeli upravleniya innovatsionnыmi protsessami na predpriyatiyax promыshlennosti Respubliki Uzbekistan na osnove sotsialno - ekonomicheskogo issledovaniya” mavzusidagi innovatsion loyiha, “O‘zbekneftgaz” NXKning Muborak gazni qayta ishlash zavodida resurslar jamg‘armasi bo‘yicha loyihalarning resurs - jamg‘arma potentsiali va investitsion jozibadorligini baholash  xo‘jalik shartnomasi kabi ishlarning rahbari bo‘lgan.
    Qator yillar Mamlakat Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi komissiyasining iqtisod fanlari bo‘yicha taftishchisi bo‘lgan.
    Olima ilmiy salohiyati va samarali mehnatlari uchun ko‘p marotaba O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, TDTU rahbariyatining maqtov yorliqlari va O‘zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligining “O‘z ishining ustasi” diplomlari bilan taqdirlangan.
    Mamlakat Mahkamova ustoz - pedagog sifatida fidoyi, o‘ta talabchan, o‘ziga berilgan barcha topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashadigan, professor - o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar bilan yaqindan ochiq munosabatda bo‘ladigan, muammolarini yechishga doimo yordam beradigan mehribon ustoz sifatida nafaqat institut jamoasi, balki respublika iqtisodchi olimlari orasida hurmat-e’tibor qozongan.
    Professor Mamlakat Abduqodirovnaning shogirdlari respublikamizning qator sanoat tarmoqlarida, shuningdek, banklar, oliy o‘quv yurtlarida, kasb - hunar kollejlarida faoliyat yuritib, mazkur sohalarning rivojlanishiga, xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni hayotga joriy etishda faol mehnat qilib kelmoqdalar.
    Yuqori nutq madaniyati va tashkilotchilik sifatlariga ega. Talabalar va o‘qituvchilar bilan o‘zaro hurmat munosabatlarini o‘rnatgan. O‘z bilimi, tajribasi va tajribasini qo‘l ostidagi hamkasblari bilan doimo o‘rtoqlashadi. Xodimlarni ularning layoqati va ish sifatiga qarab baholaydi.
    Mamlakat Mahkamova - tanilgan olima va tashkilotchi, tajribali pedagog, yuksak insoniy fazilatli ustoz, o‘zining 30 yillik serqirra mehnat faoliyatini iqtisodiyot fani va ta’limi rivojiga xizmat qilishga bagishlab kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5