Mahkamova Muborak Yusupovna 1959 yil 19 iyulda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1966 - 1976 yillari o‘rta maktabda tahsil olib, uni oltin medal bilai tugatdi. 1976 - 1980 yillari Yakkabog‘dagi 1-o‘rta maktabda yoshlar yetakchisi bo‘lib ishladi. 1980 - 1982 yillarda Bahoriston tumanndagi Michurin nomli o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadi. 1982 yilda Qarshi shahridagi Zebuniso nomli pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, 1985 yilda uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. So‘ng Bahoriston tumanidagi o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1987 yil Qarshi Davlat pedagogika instituti pedagogika fakultetining pedagogika-psixologiya bo‘limiga o‘qishga kirdi.
Mazkur ilm dargohini 1991 yilda tugatib, shu institutining «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi va maktabgacha tarbiya pedagogikasi» kafedrasida o‘qituvchi vazifasida ishga qoldi.
1995 yilda Qarshi Davlat universiteti aspiranturasining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Aspirantlik yillarida «Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
2002 yil u dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi bo‘ldi. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqolalar va uchta metodik qo‘llanma nashr ettirgan.
M.Mahkamova universitet fakultet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish bilan bir qatorda «Muloqot va shaxslararo munosabatlar» mavzuida ilmiy-ijodiy izlanish ishlarini olib bormokda. 2001 yildan Pedagogika va musiqa fakul’teti dekanining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2003 yildan «Pedagogika-psixologiya» kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmokda. Tajribali pedagog va iste’dodli olima bugungi kunda ham ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.