Biologiya fanlari doktori, professor
1951 yil 17 sentyabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1968 yili Farg‘ona shahridagi 30- o‘rta maktabni bitirgan. 1968 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan. Institutni 1973 yili biologiya –kimyo mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1978 - 1981 yillari Sankt - Peterburg shahridagi Bin akademiyasi aspiranturasida, 198 - 1990 yillari doktaranturada tahsil oldi,. 1981 yilning 11 martida “Shalfem Sredney” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini , 1991 yilning 19 iyulida Moskvada “Gubotsvetnie Sredney Azii” mavzusida doktorlik dissertatsiiyasini himoya qildi. 1993 yil 25 fevralda Toshkent davlat universitetida A.M. Mahmedovga ilmiy kengash tavsiyasi bilan professor unvoni berilgan.
1981 - 1985 yillarda O‘zR FA Botanika ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim, 1985 - 1993 yillarda Toshkent davlat universitetining yuksak o‘simliklar ishlagan. 1993 yilning may oyidan Farg‘ona davlat universitetida “Botanika va biologiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyatini davom ettirdi. Kafedraning Respublika FYanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borayotgan muhim yo‘nalishlardagi ilmiy - tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi. Uning rahbarligida 3 nafar aspirant nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borgan.
Uning ilmiy faoliyati gulli o‘simliklar bo‘limi labguldoshlar oilasi vakillarining O‘rta Osiyo va unga tutash mintaqalar bo‘ylab tarqalishi, ularning sistematikasi , filogeneyasi va evolyutsiyasi muammolarini yechishga qaratilan.