O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudjonova Komila Sultonova

    Biz  farmatsevtika fanlari doktori Mahmudjonova Komila Sultonovaning pedagogika va ilmiy faoliyatiga berilgan tavsifnomani miriqib o‘qib chiqdik va  uni shundayligicha sizga tavsiya etishga qaror qildik. Marhamat.
    Mahmudjonova Komila Sultonovna 1956 yilning 14 avgustida Toshkent shaxrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1973 yili maktabni oltin medalga tamomladi va shu yili Toshkent farmatsevtika institutiga qabul kilindi. 1978 yili institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, stajyor-tadqiqotchi bo‘lib farmkimyo kafedrsida qoldirildi. 1983 yili Kievdagi vrachlar malaksini oshirish institutining Dori turlari texnologiyasi va farmatsiya ishini tashkil qilish mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli aspiranturaga qabul qilindi. 1987 yili Moskva tibbiyot institutida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1990 yilgacha «Farmatsiya ishini tashkil qilish» kafedrasida assistent, 1996 yillarda provizorlar malakasini oshirish fakultetining «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasida katta o‘qituvchi, 1993 yildan dotsent ilmiy lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
    Olima 1996 yili dori turlari texnologiyasi va farmatsiya ishini tashkil qilish mutaxassisligi bo‘yicha doktoranturaga qabul qilindi. 1998 yili muddatidan avval «Inozitfosfor kislota, gossipol, triterpen glikozidi xosilalari va mikroelement saqlovchi biofaol moddalar asosida tabletkalar texnologiyasini yaratish» mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    Komila Sultonovna 1999-2000 yillarda «Biotexnologiya» kafedrasining mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
    2000-2004 yillarda «Tayyor dori turlari texnologiyasi» kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Talabalarga 2 ta yo‘nalish bo‘yicha: «Dorilar texnologiyasi  asoslari», «Galen preparatlari texnologiyasi» va «Tayyor dorilar texnologiyasi va biofarmatsiya aspektlari» fanlaridan ma’ruzalar o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi, bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qildi. Shu fanlardan namunaviy va ishchi dasturlar tuzdi. 8 ta VFM tuzgan va tasdiqlash uchun topshirgan. Shulardan fitat kobalt tabletkalari sanoatda ishlab chiqarilmokda.
    Mahmudjonova K.S. hozirda «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasiga mudirlik qilmoqda. Shu qisqa vaqt mobaynida kafedra o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar ancha jonlanganini kuzatish mumkin bo‘ldi. Uning rahbarligida qator uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar chop  etildi.
    Maxmudjonova K.S. institutning ma’naviy va ma’rifiy ishlarida xam faol ishtirok etib, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limini boshqarmoqda.
    Maxmudjonova K.S. institut qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi, O‘zR SSV dagi «Farmatsiya va farma- kologiya» ilmiy kengashida mas’ul xodimi xamda Janubiy Qozog‘iston Davlat tibbiyot akademiyasidagi «Dorilar texnologiyasi va farmatsiya ishini tashkil qilish» ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ilmiy kengashi a’zosi.
    Farmatsevtika fanlari doktori Mahmudjonova Komila Sultonovna hamon izlanishda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar85



Filologiya5