O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudov Baxriddin

Mahmudov Baxriddin    Baxriddin Jo‘raevich Mahmudov 1966 yil 23 martda Namangan viloyati Chust tumanii  Olmos qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    1973 yildan tumandagi 20 - o‘rta maktabda o‘qidi va  1983 yilda imtiyozli attestat bilan tamomladi. Shu yili  Toshkent politexnika institutining mexanika  fakultetiga “Gidromeliorativ ishlarni  mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. 1988 yilda institutni tamomlab muhandis - mexanik mutaxassisligiga ega bo‘ldi.tugatib, muhandis - mexanik mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
    Mehnat faoliyatini 1989 yil fevral oyidan Tosh - PIiing Namangan filialining (hozirgi NamMPI)
    • “Kurilish va meliorativ mashinalari” kafedrasida  assistent lavozimida boshlagan. 1993 yildan avtomobil transportidan foydalanish va uni ta’mirlash kafedrasida katta o‘qituvchi, 1997 yil iyul oyidan shu kafedrada dotsent lavozimida ishladi.
    1994 yilda ilmiy izlanishlarni muvaffaqiyatli ikumlab, O‘zFA “Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “Ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarda boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha dissertatsiya yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga
    Institut rahbariyati B.J.Mahmudovdagi tashkilotchilik  qobiliyatini ilg‘agan holda 1997 yildan uni iqtisodiyot fakultetining dekan muovini vazifasiga tayinlandi. Shu yilning sentyabr oyidan boshlab II a mexanika fakulteti dekani etib tayinladi. Hozirgi  paytda u transport fakulteti dekani lavozimida ishlaab kelmoqda.
    Ko‘pgina xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy - anjumanlarda faol qatnashadi. Ilmiy - pedagogik faoliyati davomida avtotransport — yo‘l majmuasi korxonalari ishini tashkil etish va boshqarish, shuning dek, avtotransport fanlarini o‘qitishni takomillash- tirish bo‘yicha 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar, shu jumladan 1 ta monografiya, 1 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanmasi muallifidir.
    Hozirgi kunda “Mikroiqtisodiyot mutaxassisligi” bo‘yicha “Yo‘l — transport majmualarida material resurslarini tejashni takomillashtirishning iqtisodiy muammolari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoyaga topshirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5