O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudov Zokirjon Sotivoldievich

Mahmudov Zokirjon Sotivoldievic     Zokirjon Sotivoldievich Mahmudov 1956 yil 25 oktyabrda  Namangan viloyati Norin tumani  Cho‘ja qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida  tug‘ilgan.
    1964 - 1974 yillari qishloqdagi 37 - o‘rta  maktabda ta’lim olgan. Mehnat faoliyatini Uychi tumanidagi “Guliston” davlat xo‘jaligida  ishchilikdan  boshlagan.
    1975 yili  Toshkent davlat universiteti “Amaliy matematika va mexanika” fakultetiga o‘zqishga  kirib , uni 1980 yili muvaffaqiyatli tugatgan va yo‘llanma asosida ToshPIning Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga yuborilgan. Dastlab tayyorlov bo‘limida matematika fani o‘qituvchisi, 1982 yildan1991 - yilgacha umummuhandislik fanlari kafedrasida assistent lavozimida ishladi. 1991 yili O‘zFA Mexanika va inshootlar seysmik zilzilabardoshligi instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil oldi. Akademik Ya. N. Muborakov va professor K. S. Sultonov rahbarligida ilmiy - tadqiqotlar olib borib, 1995 yil yanvarda “Tuproq bilan turli xil o‘zaro ta’sir qonunlari ostidagi uzun yer osti inshooti dinamikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy va pedagogik sohalardagi ishlari natijasi o‘laroq unga 2000 yilda dotsent ilmiy unvoni berildi.
    1994 yildan institutning materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda. Uning hammuallifliqda tayyorlagan “Nazariy mexanika. Nazorat topshiriqlari va uslubiy ko‘rsatmalar” nomli o‘quv qo‘llanmasi bosmaxonaga topshirildi. 3. S. Mahmudov tomonidan 30 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar chop ettirilgan.
    1995 — 1999 yillarda mexanika fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, 1999 — 2001 yillarda institut o‘quv bo‘limi boshlig‘i, 2001 — 2004 yillarda akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va marketing xizmati bo‘yicha  1 - prorektor lavozimlarida ishlash mobaynida institut ilmiy salohiyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
    3. S. Mahmudov ayni chog‘da materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi kafedrasi dotsenti sifatida qizg‘in ilmiy - pedagogik faoliyat olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5