O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudova Manzuraxon

    Namangan Davlat universitetining geografiya kafedrasi geografiya fanlari nomzodi Manzuraxon Mahmudova 1956-yilda Chust tumanining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. 14-maktabni tugatib, Namangan Davlat universitetiga o‘qishga kirdi. 1977-yili imtiyozli diplom bilan tugatib, universitetda ishda qoldi. U talabalarga ta’lim berish bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar olib bordi. "Farg‘ona vodiysida bog‘dorchilik-uzumchilikni rivojlanishi va hududiy tashkil qilishni takomillashtirish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Hozir olimaning ilmiy tadqiqoti universitetning geografiya va tarmoq iqtisodiyoti bo‘limi talabalari uchun uslubiy qo‘llanma vazifasini o‘tamoqda. Manzuraxon opa "Namangan viloyati olimalari" kitobiga ham mualliflik qilgan. Mahmudova Manzuraxon bir necha bor respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashgan. Talabalarga onalaridek mehribon bo‘lgan Manzuraxon opa ulardan hech vaqt yordamini ayamaydi. U universitetning turli tadbirlarida ham eng faol tashkilotchi sifatida e’tirof etiladi. Manzuraxon opa oilada ham baxti to‘kis ayol. Ularning turmush o‘rtog‘i Fazliddin aka olijanob inson. Farzandlari Ulug‘bek va Nilufarxonlar otalari kasbini tanlab xuquqshunos bo‘lishdi. Olti nabiraning mehribon, oq ko‘ngil buvijonisi Manzuraxon opa baxti bekam begoyimlarning yana bir vakili. Ardoqli va muhtaram ustoz Manzuraxon Mahmudovaga hayotda topgan eng katta baxti elning mehri, shogirdlarning e’zozi umr bo‘yi hamroh bo‘lsin. Namanganda Mahmudova Manzuraxondek ayollar bor ekan, ayol hamisha ulug‘lanib, yuksalib boraveradi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar40



Filologiya20