Ayol... Uning zimmasidagi vazifalar talay, unga berilgan maqomlar yuksak... Pedagog, olima, ustoz, ona, buvijon... U bularning barini uddalashga, har bir vazifani dildan bajarishga va muhimi ularning har biriga mehrini, muhabbatini berishga qodir... Zero, bu ayolga Momo Havodan kolgan meros - bir qo‘li bilan olamni, bir qo‘li bilan esa beshikni tebratadi...
Toshkent Davlat Texnika universiteti ‘Mehanika – mashinasozlik” fakultetining “Materiallar qarshiligi kafedrasi” katta o‘qituvchisi, tehnika fanlari nomzodi Mahmudova Naima Halilovna ham ana shunday zimmasidagi vazifalarning barini a’lo uddalayotgan o‘zbegimning to‘kis, zukko, olima ayollaridan.
Naima Mahmudova 1981 yil Toshkent Politexnika instituti Kimyo - texnologiya fakultetining “Plastmassalarni qayta ishlash tehnologiyasi” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. Institutda o‘qib yurgan paytlarida talabalar ilmiy ishlariga qiziqib qatnashdi. O‘qishni tugatib, Toshkent politexnika universiteti (Hozirgi TDTU) qoshidagi “Kompozitsion Polmer Materillari” bo‘limida dastlab injener, keyinchalik kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishladi. 1990 yilda Toshkent Mashinasozlik institutining Mexanika fakulteti “Materiallar qarshiligi” kafedrasiga aspiranturaga o‘qishga qabul qilindi. 1993 yilda aspiranturani tugatib, shu kafedrada o‘quv ustasi, injener lavozimlarida ishladi.
Naima Mahmudova 2000 yilda “Sement tizimi asosida polimer to‘rtlamchi tuzlar yordamida samarador kompozitsion materiallar yaratish, tadqiq qilish va ularni olish texnologiyasini mo‘tadillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qildi va “Tenika fanlari nomzodi” ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Ilmiy ishining yangiligi, birinchi marotaba tsement tizimi asosida xlor benzilli - dimetilaminoetilmetakrilat hamda polidimetildi - allilammoniixlorid tuzlari ta’sirida samaradorligi yuqori bo‘lgan kompozitsion materiallar yaratildi va ilmiy asoslandi.
Qo‘yliqdagi temir beton konstruktsiyalari zavodida yangi mahsulot uchun korxona standarti yaratildi va ishlab chiqarish uchun qabul qilindi.
Kutiladigan foyda faqat bir mahsulotning o‘zidan bir yilda 1.843.662 so‘mni tashkil qilishi hisoblab chiqildi.
Texnika fanlari nomzodi Naima Halilovna 2001 yildan “Mexanika - mashinasozlik fakulteti”ning “Materiallar qarshiligi” kafedrasida assistent, 2005 yildan shu kafedrada katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Naima Mahmudova ilmiy faoliyatida konferentsiya, anjumanlarda o‘z ma’ruzlari, ilmiy maqolalari bilan qatnashib keladi. Jumladan, 1993 yil Toshkengda professor, o‘kituvchi, aspirant va ilmiy xodimlarning “Ilmiy - nazariy va texnikaviy” konferentsiyasida, 1999 yil Xalqaro simpozium Polimerlar haqidagi fan XXI asr bo‘sag‘asida, 2003 yil Toshkent Ikkinchi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferentsiya “Visokie texnologii i razvitie injenernogo obrazovaniya v XXI vek”, 2003 yil Farg‘ona Ilmiy - texnikaviy konferentsiyasi, 2008 yil Toshkent Respublika ilmiy - texnikaviy konferentsiya, 2013 yil Xalqaro ilmiy - texnikaviy anjuman "O‘zbekiston Avtomobil - yo‘l majmuining dolzarb muammolari" Respublika ilmiy - amaliy anjumani, Texnik ta’lim tizimida innovatsion pedogogik texnologiyalarni joriy etish, Respublika ilmiy - amaliy anjumani 2013 yil, Kimyo va oziq - ovqat sanoatlari hamda neft - gazni qayta ishlashning innovatsion tehnologiyalarining dolzarb muammolari. Ilmiy - texnikaviy anjuman 2014 yil, ”Kompozitsion materiallar va ulardan mahsulotlar olishning progressiv texnologiyalari” Respublika ilmiy - tehnikaviy konferentsiyasi, 2015 yilda.
Olima ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortik ilmiy maqolalari bilan ilmiy va xalqaro konferentsiyalarda qatnashdi, 5 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.
Naimahon oilali, 3 nafar farzandning onasi, bir nabiraning buvijonisi.