O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Majidov Ahliddin Abdurashidovich

Majidov Ahliddin AbdurashidovichTexnika fanlari nomzodi, dotsent

    1956 yilda Rishton shahrida tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti muhandis - iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Mehnat faoliyatini shu institutda ilmiy xodimlikdan boshlab, assistent, dotsent, dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 1992 yilda Sankt - Peterburg (Rossiya) shahridagi Texnologiya va dizayn universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993 yilda dotsentlik unvonini olgan.
  Belgiya, Chexiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan. Belgiyaning Gent, Rossiyaning Plexanov, Moskva to‘qimachilik instituti, XXRning Shanxay shahridagi Dongxua universiteti va respublikamizning nufuzli oliygohlarida tashkil etilgan xalqaro anjumanlarda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Jami 300 dan ortiq ilmiy maqola, monografiya, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
  Paxtachilik, to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlari iqtisodiyoti, soliq, buxgalteriya hisobi va sohadagi muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda o‘quv - uslubiy ishlarni bajarib kelgan. Uning “Paxta tozalash korxonalarida buxgalteriya hisobi” nomli o‘quv qo‘llanmasi 2013 yilda “Yilning eng yaxshi adabiyoti” sifatida g‘olib bo‘lgan. A. Majidov institut ichki nazorat komissiyasi raisi, murabbiylar Kengashi raisi sifatida o‘quv jarayoniga zamonaviy interfaol uslublarni joriy etish, ta’lim - tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5