O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamadaliyev Fattohxon

    Mamadaliyev Fattohxon (1923.08.25, Baliqchi tumani — 1999.04.03, Toshkent, Baliqchi tumanida dafn etilgan) — xonanda, sozanda (gʻijjak, tanbur, dutor) va bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1990). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1960). Ashula, katta ashula va maqom yoʻllarini Umrzoq Polvon Saydali, usta Roʻzimatxon Isaboyev, B. Fayziyev, Abdulla Taraz, shuningdek, J. Sultonov va Y. Rajabiylardan oʻrgangan. Andijon viloyati turli teatrlarda sozandaxonanda (1944—1960), Andijon pedagogika institutida oʻqituvchi (1960-1967), Andijon shahri 2-madaniyat uyi maqomchilar ansamblining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1967-1983), Oʻzbek davlat filarmoniyasi xonandasi (1983 yildan), Toshkent konservatoriyasi oʻqituvchisi (1984 yildan), professor (1992 yildan). Ovozi tiniq, shirali va dardli, ovoz koʻlami va nafasi keng; ijrosiga kuy bilan sheʼr uzviyligi, ovoz va cholgʻu imkoniyatlarini mohirlik bilan namoyon etilishi xosdir. Repertuaridan Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, Shashmaqom shoʻbalari, ashula, katta ashula, yalla, oʻzbek mumtoz ashula va cholgʻu turkumlari, bastakorlar asarlari ("Ol xabar", "Ey dilbari jonon", "Buzruk I—III", "Saraxbori Navo", "Ey, sabo" va boshqalar) oʻrin olgan. Oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallari zaminida 50 dan ortiq ashula ("Oqibat", "Sogʻindim", "Dardi dilim", "Doʻst bilan, ulfat bilan", "Intizor" va boshqalar)lar yaratdi, soʻnggi davrdagi turkum asarlari ("Munojot I— Y", "Miskin I—Y", "Nasrulloyi I— IV", "Ushshoq" va boshqalar)da oʻzbek musiqa merosining muayyan namunalarini nozik jilolar bilan sayqallashtirdi. "Mehnat shuhrati" (1992), "El-yurt hurmati" (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. 5 qismli "Savti Fattohxon" ashula turkumini bastalagan, "Qadimgi Ushshoq", "Umrzoq Polvon Ushshoqi", "Zikri Ushshogʻi" maqom yoʻllarini tiklagan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar50



Tabiiy fanlar5



Filologiya40