Usmonali Mamadaliyevich Mamadaliyev 1959 yil 10 yanvarda Namangan viloyati Namangan tumani Qortatepa qishlog‘ida tug‘ilgan.
1981 yilda Toshkent politexnika institutning Namangan filialiga ishga keldi. 1992 yilgacha asssistent lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
1992 1996 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Mexanika va inshootlar seysmik muvstahkamligi ilmiy - tekshirish instituti aspiranturasining sirtqi bo‘limida tahsil oldi. Qurilish mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha “Aylana kesimli metropoliten tunnellarida poezdlar harakatidan hosil bo‘ladigan dinamik jarayonlarni tadqiq etish” nomli mavzuda ilmiy izlanishlar olib bordi. 1998 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand filiali qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1998 yildan 2002 yilgacha institut ilmiy bo‘limi mudiri vazifasida, 2002 yildan boshlab materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Pedagogik va ilmiy faoliyatini uyg‘un holatda olib borishi natijasida u ko‘plab ijobiy natijalarga erishmoqda. Respublika miqyosida chop etiladigan “Mexanika muammolari”, Farg‘ona politexnika instituti qoshida tashkil etilg‘an “Xabarlar” va respublika ilmiy jurnallarida hamda “Voprosn dinamiki soorujeniy i nadejnosti mashin” ilmiy to‘plami va boshqa nashrlarda chop ettirilgan 22 ta ilmiy maqola, o‘z sohasi bo‘yicha nashr qilingan 20 dan ziyod uslubiy ishlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, U. M. Mamadaliyev o‘z ma’ruzalari bilan xalqaro, respublika va mintaqa miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ham muntazam ishtirok etib kelmoqda.