Tibbiyot fanlari doktori, 3 - shahar tug‘ruq majmuasi bosh shifokori hamda Toshkent Vrachlar tajribasini oshirish instituti “Onkologiya va ultratovush diagnostikasi kursi bilan” kafedrasining kurs boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan Mamadaliyeva Yashnar Mamasoliyevna tibbiyotning onkoginekologiya sohasi bo‘yicha yirik olima. Respublika bo‘yicha 4 nafar onkoginekolog ixtisosligi jarrohi bo‘lsa, shulardan biri Yashnar Mamadaliyeva ekanligining o‘ziyoq shifokor- jarroh, olimaning naqadar yetuk mutaxassis ekanligidan nishona. U Yevro onkologlar tashkiloti a’zosi.
Yashnar Mamadaliyeva nomzodlik dissertatsiyasini 1993 yil “Kompleksnoe ultrazvukovoe issledovanie v utochnyayushey diagnostike raka yaichnikov” mavzusida, Doktorlik dissertatsiyasini esa 2011 yil “Puti uluchsheniya diagnostiki i lecheniya mestnorasprostranennmx form raka sheyki matki i yaichnikov” mavzusida Onkologiya ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
Vrachlar tajribasini oshirish istitutidagi pedagogik faoliyatida onkogenekologiyadan amaliyotdagi onkoginekolog vrachlari tajribasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ixtisoslashtirish kurslari bo‘yicha turli mavzularda tsikllar tashkillashtiradi, o‘quv jarayonida ma’ruza va seminar darslarini olib boradi. Dotsent Yashnar Mamasoliyevna ma’ruza va seminar darslarda zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalardan (internet va videoaloqalar, amaliy - tibbiy tele va video bog‘lanishlar) hamda multimediya ta’lim (hujjatli va amaliy filmlar, shuningdek mulyajli filmlar) resurslaridan foydalanib, ko‘rgazmali materiallar, zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan filmlar va slaydlarda tinglovchilarga namoyish etadi.
Olima yillar davomida onkoginekologiya fanidan yangi o‘quv dasturi tuzishda faol qatnashgan. Ushbu dasturlarga asoslanib, mazkur fan sohasi bo‘yicha kursantlar bilimini nazorat qilish va baholash uchun test savollar tuzish, tizimini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli uslubiy ishlar olib boradi va darslarni asosiy qismini yuqorida keltirib o‘tilgan yangi pedogogik texnologiyalar shaklida o‘tkazadi. Institut ichki nazorat inspektsiyasi tomonidan kursantlar orasida o‘tkazilgan anketa va ijtimoiy so‘rovnoma ma’lumotlarida Yashnar Mamadaliyevaga ijobiy baho berilganligi, uni mohir pedagog, izlanuvchan, tashabbuskorligini ko‘rsatdi.
Yashnar Mamasoliyevna institut va O‘zR SSVning turli ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarida, o‘quv - tarbiyaviy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning jamoatchilik ishlarida, Shahar 3 - sonli tug‘ruq majmuasi bosh shifokori sifatida “Mustaqillik”, “Navro‘z” va kasb bayramlarini nishonlashda hamda boshqa madaniy tadbirlarni tashkillashtirishda rahbar sifatida tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini yana bir karra namoyon etadi.
Toshkent Vrachlar tajribasini oshirish institutida 2010 - 2015 yillar davomida “Onkologiya, Ultratovush diagnostikasi kursi bilan” kafedrasining doktorantlari - katta ilmiy xodim izlanuvchilariga doimiy ravishda ilmiy va amaliy yordam berib kelgan, tibbiyot sohasidagi dissertatsiyalarning ilmiy seminari va kafedralararo muhokamasida ishtirok etgan, ko‘pgina ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarga taqrizlar bergan.
Tibbiyot fanlari doktori, yetuk olima Mamadaliyeva Yashnar Mamasoliyeva o‘z ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari natijasi ilmiy va uslubiy ishlarini chop ettirgan. Shulardan 65 ta ilmiy maqola va tezislar, 3 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma, 1 ta axborot xati, 3 ta o‘quv dasturi. Olimaning asosiy ishlarini sanab o‘tadigan bo‘lsak ular juda ko‘p. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz:
“Osobennosti immunnogo statusa i spontannoy produktsii osnovnix provospalitelnnx tsitokinov u bolnыx rakom yaichnikov. //Uslubiy tavsiyanoma, Toshkent, 2014 y. “Osobennosti molekulyar goniticheskix mutatsiy u bolnix rakom yaichnikov v Uzbekistane.” //Sbornik materialov III kongressa onkologov Uzbekistana. T.2015.osobennosti tsitokinovoy sistemы bolnyx rakom yaichnikov.” //Sbornik materialov Sh kongressa onkologov Uzbekistana. T.2015.
Tibbiyot fanlari doktori, yirik olima Mamadaliyeva Yashnar Mamasoliyvna Yevropa onkologlar tashkiloti a’zosi, Toshkent VMOI Jarrohdik fakulteti Kengashi, muammolar Hay’ati va ilmiy seminar Kengashi a’zosi.
Hozirgi vaqtda olima yana Toshkent Pediatriya institutining “Ambulator tibbiyot, nur diagnostikasi va terapiya” kafedrasida magistrlarga ilmiy ishlarida rahbarlik qilmokda.
Birgina ayolning yumushlari... Ularni sanab o‘tsak sahifalarga sig‘maydi. Biroq u bariga ulguradi, barini sidqidildan, a’lo bajaradi. Chunki uning qalbida kasbiga, odamlarga muhabbat, ishonch va iroda ustivor.