Latifjon Mamajanov 1951 yil 20 aprelda Uchqo‘rg‘on tumani Norin qishlog‘ida tavallud topgan.
O‘rta ma’lumotni Namangan shahridagi 11 - maktabda olgan. Kimyo faniga qiziqish o‘quvchilik yillarida boshlangan. Ushbu fan bo‘yicha uch yil davomida sobiq Butunnittifoq olimpiadasi sovrindori bo‘lgan.
1969 1971 yillarda harbiy xizmatni o‘tab, 1972 yilda Andijon davlat pedagogia institutining kiyo - biologiya fultetiga o‘qiga kirgan va 1977 yilda muaffaqiyatli tugatgan.
1977 — 1978 yillarda Namangan shahridagi 16 - o‘rta maktabda kimyo fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Ilmga bo‘lgan intilish uni 1978 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Biokimyo ilmiy - tadqiqot institutiga yetakladi.
Bu ilm dargohida u dastlab tadqiqotchi - shogird, aspirant, muhandis vazifalarida ishlab, o‘qidi. Ilmiy izlanishlari biokimyo, biofizika, fizik - kimyo kabi fan sohalarining tutashuv chegarasida olib borildi.
1985 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Shu yildan boshlab Namangan davlat pedagogika instituti qoshida faoliyat ko‘rsatgan markaziy ilmiy - tadqiqot institutlarining “Masofaviy tashhis la – boratoriyasi”da katta ilmiy xodim vazifasida ishlay boshladi.
Shu davrda markaziy nashrlarda bir qancha ilmiy maqolalar chop ettirdi va ikkita ixtiro muallifi bo‘ldi. 1992 — 1996 yillarda Namangan davlat universitetida, 1996 yildan viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutida dotsent vazifasida mehnat qildi.
2003 yildan Namangan muhandislik - pedagogika institutining oziq - ovqatlar texnologiyasi kafedrasida ishlab kelmoqda. Shu davr ichida olim “Konserva mahsulotlari mikrobiologiyasi”, “Xom ashyo va tayyor mahsulotlar mikrobiologiyasi”, “Meva - sabzavotlar saqlashning biokimyoviy va mikrobiologik asoslari” kabi o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar tayyorlab chop ettirdi.