Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1933 yil 17 fevralda Toshloq tumani Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida tug‘ilgan. 1956 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini muvaffaqiyatli tamomlagach, kafedrada avaal assistent , so‘ng o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1959 - 1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy tekshirish instituti aspiranturasida o‘qidi.
A.Mamajonov 1963 yil 22 noyabrda sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining muxbir azosai bo‘lgan professor Yu.V. Xodakov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, Markaziy Osiyoda kimyo o‘qitish metodikasi bo‘yicha birinchi metodist – olim bo‘lgan. U uzoq yillar kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasida mudirlik lavozimida faol mehnat qildi. 1976 yili tibbiyot geografiya fakulteti dekani , 1982 - 1987 yillari Toshkent qishloq xo‘jalik instituti Farg‘ona filiali direktori lavozimlarida ishlagan yillari Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jalik mutaxassislarini tayyorlash borasida katta ishlarni amalga oshirishga katta hissa qo‘shdi.
Kimyo kafedrasida dotsent lavozimida ishlab , dotsent M. D. Abramov bilan birgalikda kimyo o‘qitish metodikasi kursini olib borgan. Yigirma beshdan ortiq ilmiy ishlari, shu jumladan, bir necha o‘quv qo‘llanmalari va VIII sinf anorganik kimyo darsligi muallifi bo‘lgan.