O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamajonov Alijon

Filologiya fanlari doktori, professor

     1946 yil 22 sentyabrda Farg‘ona viloyatining  Qo‘shtepa  tumanidagi  eshonguzar  qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1964 yilda  o‘rta maktabni  muvaffaqiyatli bitirib, Farg‘ona davlat  pedagogika instituti filologiya  fakultetiga o‘qishga kirdi. 1968 yilda  fakultetni  imtiyozli  tugatgach, institut rektorati  taklifi bilan  o‘zbek  tilshunosligi  kafedrasi  o‘qituvchisi  lavozimiga  ishga olib qolindi. 1971 yilda o‘zbek tilshunosligi  kafedrasi qoshidagi  maqsadli  aspiranturaga  o‘qishga kirib, 1974 yilda  uni muvaffaqiyatli   yakunladi. Shundan buyon u Farg‘ona davlat pedagogika  instituti (keyinchalik FarDU)da faoliyat  ko‘rsatib kelmoqda . Olim bu davr  mobaynida  o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan  o‘rinbosari, fakultet  dekani lavozimlarida  ishladi. 1975 yilda O‘zR FA akademigi  G‘.Abdurahmonov rahbarligida “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida periodlar” mavzuidagi nomzodlik, 1991 yilda “Uzbek tili qo‘shma gaplarining stilistik xususiyatlari” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
    O‘zbek tilshunosligi rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, 5 monografiya hamda 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, professor A.Mamajonovning o‘zbek tilshunosligiga yangi yo‘nalish - matn lingvistikasining kirib kelishidagi xizmatlari e’tiborga loyiqdir. Olim bu borada qator ilmiy risolalar va qo‘llanmalar yaratdi. A.Mamajonov uslubshunoslik va matnlingvistikasi bo‘yicha alohida maktab yaratgan ustozdir. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 6 nafar tadqiqotchi nomzodlik, 1 nafari doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
    1992 - 1995 yillarda   O‘zRFA Oliy attestatsiya Komissiyasi huzuridagi gumanitar fanlar bo‘yicha ekspert komissiyasi a’zosi, 1996 - 2001 yillarda O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi Kengash a’zosi, 2000 - 2005 yillarda Farg‘ona davlat universiteti ilmiy Kengashi qoshidagi o‘quv – uslubiy komissiyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 2003 - 2005 yillarda FarDU huzurida tashkil etilgan fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tashkil etilgan ixtisoslashgani lmiy Kengash raisi vazifasini bajardi.
    A.Mamajonovga 1998 yilda “FarDUda xizmat ko‘rsatgan professor”, 2000 yilda ta’lim sohasidagi keng qamrovli faoliyati uchun O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi hamda Respublika “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan “Ustoz” faxriy unvonlari berilgan. 2012 yild aesa olim Turon Faning akademigi ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. 2004 yilda FarDUda o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi.
    Hozirgi kunda FarDU tilshunoslik kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80