Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1971 yil 17 yanvarda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 1988 yili tumandagi 1 - o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, shu yili Farg‘ona davlat davlat pedagogika instituti kimyo - pedagogika yo‘nalishiga imtiyozli qabul qilingan.
O‘qish davrida ilmiy – tadqiqot ishlari bilan jiddiy shug‘ullangan. Undagi ilmiy ishga layoqat va iqtidorni payqagan kafedra rahbariyati Sh. Mamajonovni kafedra shogird - tadqiqotchisi sifatida ishga olib qoldi.
Sh.Mamajonov 1993 - 1995 yillarda Farg‘ona davlat universiteti kimy kafedrasi shogird tadqiqotchisi, 1995 - 1997 yilarda mazkur kafedra qoshidagi ilmiy laboratoriya xodimi, 1997 - 2000 yillarda universitet ilmiy Kengashi kotibi, 2000 - 2001 yillarda rektor yordamchisi, 2001 - 2007 yillarda ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2007 - 2013 yillarda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, 2013 - 2014 yillarda ijtimoiy - iqtisodiy fakultet dekani, 2014 yil iyun oyidan boshlab tibbiyot - geografiya fakulteti dekani lavozimlarida ishlab kelmoqda.
U 2002 yilda universitetning iqtisodiyot yo‘nalishini sirtdan imtiyozli tugatgan. 2005 yilda TDPU qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy Kengashda, “Oliy o‘quv yurtlari kimyo o‘qitish metodikasi kursining tuzilishi va mazmuni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi Uning tadqiqot ishlari oliy o‘quv yurtlarida kimyo o‘itish metodikasi kursining tuzilishi va mazmunini hamda o‘qitish usullarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan. Sh.Mamajonov muallifligida universitetlarda kimyo o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘quv - metodik qo‘llanma yaratilgan va hozirgi kunda ushbu qo‘llanmadan respublika oliy o‘quv yurtlarida keng foydalanilmoqda.
Shu kunga qadar uning 6 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi, respublikaning nufuzli ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 30 dan ortiq ilmiy maqolalari elon qilingan.