Biologiya fanlar nomzodi, dotsent
1937 yil 1 dekabrda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanida tavallud topgan. 1944 - 1954 yillarda tumandagi 8 - o‘rta maktabni tamomlab, 1954 - 1955 yillarda avtobazada texnik xodim bo‘lib ishlagan. 1955 - 1960 yillari Farg‘ona davlat pedagogika institutining biologiya - ximiya fakultetida tahsil olgan. 1960 - 1961 yillari Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida, 1961 - 1963 yillar Marg‘ilon tumanidagi maktabda ilmiy mudir lavozimida ishlagan. 1963 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutining biologiya - ximiya fakulteti tibbiyot fanlari o‘qitish metodikasi kafedrasiga o‘qituvchilik lavozimiga o‘tkazildi. Ya.Mamajonov kafedradagi ustozlari A.Qodirov , Boltaboevlar rahbarligida o‘simliklar fiziologiyasi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi va 1983 yil Moskva ilmiy pedagogika institutida “Metodika formirovanii razvitie fiziologicheskix znaniy uchaщixsya pri izuchenie zoologiya” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
U o‘simliklar fiziologiyasi, uni o‘qitish metodikasi borasida Farg‘ona viloyati , tuman maktablarida katta ishlarni amalga oshirgan. Fakultet , institut miqyosida o‘tkazilgan o‘quv, ilmiy - metodik ishlarni takomillashtirish borasida namunali ishlarni amalga oshirishda xizmatlari beqiyos bo‘lgan. U olib borgan ilmiy pedagogik ishlari uchun O‘zbekiston xalq talimi Vazirligining Faxriy yorlig‘i va “Xalq maoriyai alochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Ilmiy pedagogik faoliyati davrida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, bir necha uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar chop ettirgan. Mohir pedagog, uslubchi Ya. Mamajonov 1987 yili 50 yoshida vafot etgan.