O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamajonova Mahbubaxon

Mamajonova MahbubaxonPedagogika fanlari nomzodi, dotsent

     1944 yil 18 martda Andijon viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida  tavallud topgan. U Namangandagi 4 - o‘rta maktabni tamomlagan. 1963 - 1968 yillarda esa Farg‘ona davlat pedagogika  instituti chet tillar  fakultetini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha bitirdi.  Bilimdon, o‘z kasbiga  mehr qo‘ygan  M.Mamajonova  yo‘llanma bilan  o‘zi tahsil olgan kafedraga  o‘qituvchi va katta o‘qituvchi  lavozimida  talabalarga ingliz tilidan nazariy va amaliy  bilimlar  berish bilan birgalikda, o‘z ustida  ishlab, ilmiy  tadqiqot ishlarini olib bordi.1977 - 1980 yillarda Moskvadagi sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Ta’lim mazmuni  va  metodlari ilmiy tadqiqot institutida kunduzgi aspiranturada tahsil oldi. 1982 yil 18 sentyabrda professor A.P.Grizulina ilmiy rahbarligida “Obuchenie retseptivnim navikam angliyskogo yazika na nachalnom etape” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
    1985 yilda M.Mamajonova Buyuk Britaniya davlatining Kembrij uni-versiteta xalqaro grantiga sazovor bo‘lib, ushbu universitetda olti oylik malaka oshirishda bo‘lib qaytdi. 1991 yilda dotsentlik unvonini olishga sazovor bo‘ldi. 1997 yilda AQSh Pensilvaniya shtata Filadelfiya shahridagi Dreksel universitetining olti oylik xalqaro grantini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Dreksel universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy rahbari Dr.Reisman boshchiligida “The Franklin conference”, “Teaching a second Language” kabi bir qancha maqolalari bilan turli konferentsiyalarda faol ishtirok etdi.
    Shuningdek, chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda talabalar uchun ingliz tilida, o‘zbek (lotin yozuvida) tillarida so‘zlash uchun o‘quv qo‘llanmasini tayyorladi. Jumladan, “Prakticheskaya grammatika”, “Ingliz - o‘zbek so‘zlashgichi”, “Inglizcha - o‘zbekcha - ruscha so‘zlashgich”, “English for business”, “Ingliz tili amaliy grammatikasi”, “Ingliz tilida artikllarning ishlatilishi”, “The structure of the tone unit”, “Grammatika angliyskogo yazika dlya neyazikovix vuzov” o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. U o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘ndan ortiq talaba - yoshlarni har xil ilmiy konferentsiyalarga va fan olimpiadalariga tayyorlab sovrindor o‘rinlarni olishga muyassar bo‘ldi. Ilmiy pedagogik faoliyati davomida guruh murabbiysi, xotin - qizlar qo‘mitasi va ilmiy - metodik komissiyasi raislari lavozimida namunali ishlarni amalga oshirdi.
    M.Mamajonova hozirda doktor Reismen rahbarligida o‘zbek va rus guruhlarida ingliz tilini o‘rgatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ilmiy- tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy - pedagogik faoliyati davomida o‘ndan ortiq o‘quv qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy maqolalarini chop ettirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5