O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamatqulova Dilrux Fayzullayevna

    Ko‘pincha sog‘lig‘imiz  yomonlashib , o‘zimizni noxush  sezsak, tezda  shifokorga  murojaat qilamiz. Ana  shunday  kezlarda  shifokorlar  bizning  ko‘zimizga  najot  farishtasi  bo‘lib  ko‘rinadi. Shifokorlarning mavjudligi esa bizni doimo sog‘lig‘imizdan ogoh bo‘lishga, sog‘ligimiz ularning nazorati bilan bog‘liq ravishda o‘z qo‘limizda ekanligiga imon keltiramiz. Respublikamizda o‘zi kiygan xalati misoli qalbi ham oppoq shifokorlar talaygina. Ular deyarli har bitta tumanda, har bitta shifo maskanida, oilaviy poliklinikalarda ko‘plab topiladi. Biz bugun quyida sizga hikoya qilmoqchi bo‘lganimiz Dilrux Fayzullayevna ham shifokorlik kasbi sabab el olqishini olayotgan hurmatli ayol sanaladi.
    Mamatqulova Dilrux Fayzullayevna 1977 yilning 20 martida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tavallud topgan. Bolalik damlari Surxon vohasining eng so‘lim go‘shalarida o‘tgani sabab ham tabiatidagi odamoxunlik qishilarda yaxshi tassurot qoldiradi. 1984—1994 yillar mobaynida tumandagi 21 - o‘rta maktabda bilim olgan Dilrux sinfdagi qolgan bolalardan o‘zining zukkoligi, ilmga chanqoqligi bilan ajralib turardi. Undagi bilimga bo‘lgan qiziqish o‘z mevasini berdi, qizgina o‘rta maktabni imtiyozli qizil shahodatnoma bilan tugalladi. Shifokor bo‘lishiga esa ota - onasi sababchi bo‘lishdi. Negaki, aynan ota va onasi uni ushbu kasbga mehr qo‘yishiga turtki berishgan.
    Otasi - Mamatqulov Fayzulla akaning yaxshi bir odati bor edi. Toshkent davlat texnika oliygohini tugatgan, muhandis sifatida respublikamizning turli viloyatlariga borishga to‘g‘ri kelgan otalari qaytishda kizlariga sovg‘a si¬fatida albatta kitob olib kelardi. Onasi - Rahmataliyeva Barchinoy esa oliy ma’lumotli bo‘lishga harchand urinmasinlar, kuchli istak bo‘lishiga qaramay, o‘qiy olmaganlar. Birdan - bir orzulari o‘zlariga armon bo‘lgan ushbu niyatni qizlari Dilrux timsolida ko‘rish edi. Onaizorning duolari ijobati, qolaversa, Dilruxning bilimi bois 1994 yili u pediatriya tibbiyot oliygohining talabasiga aylandi. O‘qiganda xam chin dildan, berilib o‘qidi. Ba’zan tong otishiga yaqin qo‘lida kitobi bilan uxlab qolar, sal o‘tmay yana turib, ilm dargohi tomon yo‘l olardi.
    Toshkentga o‘qishga kelishim ham qiziq bo‘lgan, o‘rtoqlarimga, yuringlar, poytaxtga o‘qishga boramiz desam, ularning uyidagilari ruxsat berishmagan, deb eslaydi o‘sha kunlarni Dilrux.
    3 kursda tahsil olayotganimda oila ko‘rganman. 1998 yili esa to‘ng‘ich farzandim dunyoga keldi. Bir tomoni oila, chaqaloq, o‘qishim, to‘g‘risini aytsam o‘sha paytlari barchasini qanday uddalayman deb rosa o‘ylaganman. Lekin ota - onam, turmush o‘rtog‘imning ma’naviy ko‘maklari, daldalari bois o‘qishimni tashlab qo‘ymadim. Xudoga shukur, hozir 4 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im Sherbek aka bilan ularni jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar qilib tarbiyalash niyatidamiz va o‘z navbatida ota - onamga bergan yordamlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va ularning mehr - muhabbati oldida doimo ta’zimdaman.
    Ish faoliyatini O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida klinik ordinaturada boshlagan Dilrux ilm olishdan, kasb sirlarini o‘rganishdan erinmadi. Tushunmaganlarini ustozlaridan so‘rab bilib oldi. Iqtidori bois 2008 yili aspiranturaga o‘qishga kirib “O‘zbekistan Respublikasining fertil yoshidagi ayollarda temir tanqisligi holati epidemiologiyasi” mavzuida nomzodlik ilmiy ishiga qo‘l urdi. Harakatlari zoya ketmadi, 2011 yilning may oyida ilmiy ish muvaffaqiyatli tarzda himoya qilindi.
    Bugungi kunga kelib Dilrux tanlagan mavzuiga oid o‘nlab maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar yaratdi. Hozirda Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti Kamqonlik markazida gematolog shifokor sifatida faoliyat yuritmoqda.
       Kelajakda orzularim juda ko‘p. Shu kungacha erishgan yutuqlarim uchun ota - onamdan qarzdorman va Allohga shukronalar aytaman. Men o‘zim tanlagan kasbimni sevaman, oldimda najot istab turgan bemorlarga nafim tegishidan ham ortiqroq baxt bormi? - deydi Dilrux mamnuniyat to‘la nigohlari bilan.
    Oilada rafika, 4 farzandga mehribon ona, sharafli va saodatli kasb egasi, qadamiyu ko‘zidan o‘t chaqnayotgan, orzulari olamlarga barobar Dilruxga yo‘llari oppoq orzulari singari porloq bo‘lishini istab qolamiz.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5