O‘zbekiston Milliy universiteti “Informatika va tatbiqiy dasturlash” kafedrasi dotsenti fizika - matematika fanlari nomzodi Mamatqulova Muyassar Shavkatovna ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning Amaliy matematika va mexanika fakultetini mexanika - matemagika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugallagan.
Mehnat faoliyatini o‘zi tahsil olgan ilm dargohida “Tutash muhitlar mexanikasi” kafedrasi laborantligidan boshladi, so‘ngra “Tarmoq texnologiyalari” kafedrasi aspiranti bo‘ldi. 1999 yili “Osesimmetrichniye nestatsionarniye uprugie, uprugoplasticheskie volni v zadachax vzaimodeystviya konstruktsiy i srediy” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlab, shu yildan “Informatika va tatbiqiy dasturlash” kafedrasi katta o‘qituvchisi va dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. U talabalarga Informatika va axborot texnologiyalari kurslari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib kelmoqda. Oliygoh qoshida ochilgan Oliy Pedagogika institutida ham tajriba oshiruvchilar uchun ma’ruzalar o‘qiydi.
Bakalavr va magistrlik malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qiladi. Dotsent Muyassar Mamatqulova yuqori tajribali yosh kadrlarni tayyorlashda ilmiy - metodik ko‘rsatmalari bilan faol ishtirok etmoqda. Uning asosiy ilmiy yo‘nalishi - chiziqsiz to‘lqin tarqalish masalalarini modellashtirish, ta’limda multimedia va pedagogik texnologiyalar. 30 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar muallifi.
Mamatqulova Muyassar Shavkatovna Mexanika - matematika fakultetining xotin - qizlar ishi bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fakultet sifat komissiyasi a’zosi hamda “Olima” ayollar uyushmasi raisi.
Dotsent Muyassar Mamatqulovaning Ilmiy izlanishlari:
1) Chiziqsiz masalalarni sonli modellashtirish;
2) Informatika va axborot texnologiyalari;
3) Multimedia texnologiyalari;
4) Informatsion texnologiyalarni ta’limda qo‘llash;
Quyida Muyassar Mamatqulovaning diqqatga sazovor tadqiqotlari jamlangan: T.Rashidov ,SH. Mamatkulova, A. Matkarimov. Dynamic Interaction of Deformable Rod Structures with an Elastic medium by Coulomb dry friction law.14 th US National Congress of theoretical and applied mechanics.2002. “Nestatsionarnaya zadacha o pro - dolnom dvijenii jestkogo tsilindra v gruntovoy srede s maliymi nelineynostyami. Toshkent, 27 - 28 may, 2004 yil Mejdunarodnaya konferentsiya “Problemы mexaniki i seysmodinamiki soorujeniy”. “Zadacha rasprostraneniya nelineynoy volni ot dvijeniya tsilindricheskix jestkix tel v gruntoviyx sredax, Materialiy mejdunarodnoy konferentsii “Aktualnыe problemi mexaniki i mashinostroeniya”, 2005 g., Kazakxstan, g. Almati “Obtekaniya tsilindricheskoy polosti prodolnoy uprugoy volnoy Materiali IX Vserossiyskoy konferentsii “Sovremennыe metodi matematicheskogo modelirovaniya prirodnыx i antropogenniyx katastrof” 2007. Kazaxstan, g. Barnaul,. Mamatkulov Sh., Mamatkulova M. Sh., Karimova A. Moskva, 2009. K issledovaniyam zadach napravlennogo vzrыva v uprugoy poluploskosti i tsilindricheskim volnam sdviga v nelineynoy srede. Materialt mejd. nauch. konf. “Sovremennie problemm gazovoy i volnovoy dinamiki”, posvyash. 100 - letiyu X. A. Raxmtulina, Moskva, 2009. Mamatkulov Sh., Mamatkulova M. Sh. Voprosiy modelirovaniya gruntovыx sred v rabotax akademika X. A. Raxmatulina., 100 str., Mejdunarodnaya konferentsiya aktualnix problemm PM i informatsionniyx texnologiy. Al - Xorezmi 2009. Mamatkulov Sh., Mamatkulova M. Sh., Mamatova N. T. Rasprostranenie volniy v lineynmiyx i nelineynmiyx protyajyonnmiyx konstruktsiyax, vzaimodeystvuyush, ix s okrujayuvdimi sredami. Mejdunarodniyy nauchniy simpozium po problemam mexaniki, deformiruemiyx tel. Posvyashenniy 100 - letiyu so dnya rojdeniya A. A. Ilyushina. Moskva. 2011. “Modelirovanie intensivniyx sjimayushix i udarniyx nagrujeniy poluprostranstvo s uchyotom nelineyniyx svoystv sredm. Materialiy Mejdunarodnoy nauchnoy konferentsii “Aktualnыe problemm prikladnoy matematiki i informatsionniyx texnologiy – Al – Xorezmi – 2014”. Tashkent. 2014.
Dotsent Mamatqulova Muyassar Shavkatovna o‘ziga va o‘zgalarga talabchan, ishni o‘z vaqtida bajarishni, tartibni yoqtiradi. Pedagogik tajribasi, dars o‘tishdagi mahorati, ilmi va oliyjanobligi bilan atrofdagilarning hurmatini qozongan.