O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamayusupov Abdurashid

Mamayusupov AbdurashidTexnika fanlari nomzodi

    “Inson doimo o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ymog‘i va unga intilib yashamog‘i darkor. Aks holda uning istiqbolidagi nurafshonlikka putur yetadi, umidlarini yo‘qotib qo‘yadi”, -derdi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni sohibi Abdurahmon Mamayusupov o‘g‘li Abdurashidga. Padari buzrukvori Abdurahmoi ota 1951 - 1989 yillar O‘zbekiston kitob savdo birlashmasining Qo‘qon shahar kitob savdosi korxonasida rahbar lavozimida ishlab, o‘zining ko‘p yillik samarali va fidokorona xizmatlari uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan unvon bir qancha orden, medallar bilan mukofotlangan inson edi. Shu bois ham farzandlariga doim kitobga nisbatan ixlos va mexr uyg‘otishga harakat qilardi. Abdurashidning onasi Muazzamxon aya esa yetti dilbandining yorug‘ kelajagini orzulab voyaga yetkazdi... Qaxramonimiz Abdurashid Mamayusupov 1950 yili Qo‘qon shahrida ana shunday fayzli oilada tavallud topdi. U 4 - o‘rta maktabni a’lo baholar bilan yakunlab, 1968 yili Farg‘ona Politexnika instituti mexanika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1973 yili oliygohni muvaffaqiyatli bitirib, “Mashinasozlik texnologiyasi va metall kesish yetanoklari” mutaxassisi degan kasb sohibi bo‘ldi. A.A. Mamayusupov o‘z ish faoliyatini 1973 yili Qo‘qon shahridagi “To‘qimachilik mashinasozligi” zavodining standartlashtirish bo‘limida injener - texnolog lavozimida boshladi... 1977-1985 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi “Sifatli boshqarish” laboratoriyasida aspirant, kichik va katta ilimiy xodim bo‘lib ishladi. Shy davr ichida davlatimizning robotsozlikni rivojlantirish haqidagi qaroriga binoan maxsus tashkil etilgan guruhda faol qatnashdi. Jumladan, Respublika mashinasozlik korxonalarida robot va mapipulyatorlarni qo‘llash maqsadida tahliliy ishlar olib borishda Abdurashid Mamayusupov nazariy va amaliy takliflarini ishlab chiqib, maxsus tayyorlangan qo‘llanmalarga mualliflik qildi.Yosh olimning fidokorona mehnatlari, tinmay izlanishlari o‘z mevasini berdi. U 1984 yili Toshkent politexnika instituti qoshidagi ilmiy kengashda texnika fanlari nomzodligi bo‘yicha ilmiy dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1984 yili “Texnika fanlari nomzodi” ilmiy darajasini olishga sazovor bo‘ldi.
    Dunyoqarashi keng, zukko ixtirochi, salohiyatli ilm sohibi Ab¬durashid Mamayusupov 1986 yili Qo‘kon motor remont zavodida bosh muhandisning yangi texnika bo‘yicha muovini etib ishga tayinlandi. U tashabbuskorligi, har ishda faolligi bois 1987 - 1989 yillarda Goskomstandart” qo‘mitasining Qo‘qon shahar xududiy “Standartlar va metrologiya xizmatlari ustidan nazoratlash” laboratoriyasi boshlig‘i  vazifasiga munosib ko‘rildi. Abdurashid Mamayusupov mohir mutaxassis sifatida 1989 - 1992 yillarda Farg‘ona viloyati ijroya qo‘mitasida “Sanoat va ilmiy texnikumi rivojlantirish” bo‘limida bosh mutaxassis va keyinchalik boshlik lavozimlarida faoliyat yuritdi. Yillar olimning ilmini, tajribasini yanada oshirdi. A.Mamayusupov ustozlardan, hayotdai olgan saboqlarini ishga tadbiq etdi. U tashkilotchilikda ham kuchli qobiliyat egasi edi. 1993 - 2006 yillar Abdurashid Mamayusupov “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Statistika va konsatting xizmatlari” markazi rahbari, keyin Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Karona” nomli tijorat - ishlab chiqarish korxonasi rahbari lavozimlarida ishladi. 2006 – 2010 yy.Abdurashid Mamayusupov Qo‘qon shahar neft mahsulotlari korxonasida faoliyat yuritdi. U kaerda ishlamasin, hurmat - e’tiborga sazovor bo‘ldi, jamoa ixlosini qozondi. Ha, kamtarin va ishning ko‘zini biladigan inson hamma joyda azizdir... Abdurashid akaning rafiqasi Matlubaxon ona ko‘p yillar O‘zFAning “Kibernetika” ilmiy tekshirish institutida, Farg‘ona viloyati ijroiya ko‘mitasida va Qo‘kon pedagogika institutida faoliyat ko‘rsatgan. Farzandlari: Azizaxon va Abdumajidxonlar ham oliy ma’lumotli mutaxassislar qatorida respublikamizning rivojlanishiga o‘z hissalarini ko‘shib kelmoqdalar.
    Yetti nafar nabiralari esa ularning jonu dillari, ularning davomchilaridir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5