Pedagog, olima... Bu kasblar sharafli bo‘lish bilan birga, ularning mashakqatlarini, mas’uliyatini yelkasiga olish, ularni ado etish naqadar mushkulligini kunlarni- tunlarga ulab o‘qib - o‘rgangan, ilmning zalvorli mehnatlarini his qilgan odamgina bilishi mumkin. O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakulteti “Yadro va nazariy fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, fizika matematika fanlari nomzodi Mamayusupova Muqaddas Ismoilovna ham ana shunday sharafli kasb sohibalaridan. U 1989 yili Tosh - DU (Hozirgi UzMU)ni tamomlagan.
2004 yilda Fizika fakultetining “Yadro va nazariy fizika” kafedrasiga Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi mutaxassisligiga aspirant - tadqiqotchi bo‘lib qabul qilindi va 2005 yilda fizika matematika fani nomzodi dotsent S. R. Polvonov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Dissertatsiya ishi Urganch Davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Elektronika institutining asosiy fundametal tadqiqotlari bilan bog‘lik holda, jumladan 2003 - 2007 yillardagi byudjet hamda Xalkaro (2001 - 2002 yillarda) “Ko‘p tarkibli monokristallar sirtini ionlar bombardimoni orqali klasterlar ko‘rinishida changlanishi qonuniyatlarini tadqiq qilish” mavzusidagi, Pensilvaniya davlat universitetining 2002 - 2003 yillarda “Ionlarning biologik moddalar bilan ta’sirini modellashtirish” mavzusidagi, Vena texnologiya universitetning 2003 - 2004 yillarda “Neytral va zaryadli zarrachalarning moddalar bilan ta’siri mexanizmlarini o‘rganish” mavzusidagi va Kembridj universitetining 2004 - 2005 yillardagi “Ionlar dastasi yordamida ko‘b tarkibli monokristallar sirtidan ionlarning sochilishi va bu sirtlarning changlanish qonuniyatlarini tadqiq qilish” mavzusidagi byudjetlari asosida bajarildi. Mazkur ish 2001 - 2006 yillarda byudjet doirasida AFITIda bajarilgan va 2011 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Mamayusupova Mukaddas Ismoilovnaning umumiy ilmiy ishlar soni 30 dan ortiq bo‘lib, Xalqar jurnallarda 3 ta, Respublika jurnallarida 20 ta maqola va tezislar muallifidir, shu jumladan u qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashgan.
Muqaddas Mamayusupova ilmiy - pedagogik faoliyati jarayonida fizika fakulteti bakalavriat talabalariga atom va yadro fizika fanidan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi hamda bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Shuningdek, ”Atom va yadro fizikasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlariga oid laboratoriya ishlarini takomillashtirish, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. U izlanuvchan va talabchan sifatida universitet va fakultet professor - o‘qituvchilari jamoasi va talabalari o‘rtasida alohida hurmat - e’tiborga ega.
2012 yilda fakultet “Olima ayollar uyushmasi" raisi, 2013 yildan to hozirgi kungacha fakultet Kengashi kotibasi, kurs murabbiysi kabi vazifalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda olima o‘z pedagogik faoliyatini davom ettirish bilan birgalikda yangi o‘quv qo‘llanmalar, elektron darsliklar yaratish ustida ish olib bormoqda.