O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamazoitova Yulduzxon Habibullayevna

Mamazoitova Yulduzxon    Tarix fanlari nomzodi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti Mamazoitova Yulduzxon Habibullayevna Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakultetining tarix va jamiyatshunoslik bo‘limini tugatgan.
  Mehnat faoliyatini maktabdan boshlagan Yulduzxon Mamazoitova 1989 yili Nizomiy nomidagi TDPUga ishga qabul qilindi. 1991 yil mazkur oliygohga aspiranturaning kunduzgi bo‘limiga qabul qilinib, 1995 yili tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Vatan tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Vatan tarixiy adabiyotida O‘zbekiston kishlok xo‘jaligi (O‘rta Osiyoning bosib olinishidan mustaqillikka erishguncha) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli himoya kildi, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Tadqiqot natijalari asosida ilmga qo‘shgan hissasi:
  - Muhim tarixiy mavzuni yoritishda va voqelikka hozirgi davr nazariy - uslubiy nuqtai nazardan xolisona va yangicha milliy va umum insoniy qadriyatlar bo‘yicha yondashib, ko‘p sonli tarixiy, ilmiy adabiyotlarni tahlil kilish va bir qator yangi ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish asosida ilk bor Vatan tarixi adabiyotida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini o‘ziga xos yoritilish masalasi tadqiq qilingan;
  - O‘zbekiston agrar sohasining taraqqiyotiga ilmiy - tarixiy qarashlarning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi, o‘zbek qishlog‘i xo‘jaligining turli qirralari hamda ijtimoiy - iqtisodiy tarakkiyot hakidagi adabiyotlar tahlil etiladi;
  - Mustamlaka Turkistonning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi haqidagi ilmiy - tarixiy qarashlarning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi va O‘zbekiston qishlok xo‘jaligining tarixshunosligi bayon etiladi;
  -  O‘zbekiston agrar sohasini o‘rganish natijasida qishloq xo‘jaligining umumlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlik usulining kuchayishi, boshqaruvning qiyinlashuviga, noto‘g‘ri hisob kitoblarning vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi, hozirgi bozor iqtisodiga o‘tish yo‘li to‘g‘ri ekanligi yoritilgan;
  - Tadqiqotning yakunida bayon etilgan xulosa va tavsiyalar bugungi kunda agrar siyosatining asosini davlat tamonidan belgilab beriladigan ko‘rsatmalardan xoli qilish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish sharoitida ilmiy - nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
  Yulduzxon Mamazoitova ilmiy ish yo‘nalishida yozilgan 1 ta avtoreferat, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 20 dan ortik xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiya maqolalar muallifi.
  U 2003 yildan beri Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Yulduzxon Mamazoitova pedagogik faoliyati bilan birgalikda jamoat ishlarida ham faol. Bir necha yillar institut xotin - qizlar qo‘mitasi raisining yordamchisi bo‘lgan. 2005 yildan 2012 yilgacha ijodkor yoshlar to‘garagiga rahbarlik qildi. U hamisha bilganini yoshlarga o‘rgatishga, ular bilan shug‘ullanishga, darsini yuqori darajada o‘tkazishga intiladi. Buning uchun astoydil vaqt ajratib, har bir xayrli yumushni ko‘ldan boy bermaslikka harakat qiladi. Hanuzgacha o‘qib - o‘rganishdan, izlanishdan charchamaydi.
  Yulduzxon jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ilmiy faoliyati, pedagogik ishlari bilan bir qatorda xonadonining sarishta bekasi, mehribon ona. U oilali, ikki nafar farzandi bor.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5