O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mansurova Gulchehra Tursunovna

     Aziz kitobxon, Davlat Soliq qo‘mitasi Soliq Akademiyasining Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi dotsenti Mansurova Gulchexra Tursunovna bilan ham yaqindan tanishishingizni istaymiz.
    Hayot xar kimga har xil taqdirni nasib etadi. Qishloqning go‘zal bog‘u rog‘larida tug‘ilgan Gulchehra bolaligida rosti soliq degan so‘zning mazmunini tushunish u yoqda tursin, o‘zini deyarli eshitmagan edi.
    Gulchehra Tursunovna 1944 yil 12 fevralda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida dunyoga kelgan. Qizaloq ko‘plar qatori barvaqt dalaga chiqib ketdi. 1960 yilda o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, kolxozda ishlarini davom ettirdi. U yi1lik g‘ayrati bilan halol ishladi. 1963 yilda Toshkent Qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirdi va 1967 yili institutni a’lo diplom bilan tugatib, aspiranturaga o‘qishga qoldirildi.
    1977 yilda Gulchehra nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Dotsentlik ilmiy unvoniga erishdi. Talabalar o‘rtasida o‘z ma’ruzalari, amaliy ishlari bilan katta obro‘ qozondi. Uning 30 yildan ortiq pedagogik faoliyati buning dalilidir.
    Gulchehra Mansurova yangi tashkil topgan soliq tizimida ishlashni havas qila boshladi va dastlab Toshkent viloyati soliq boshqarmasida, 1994 yildan Davlat Soliq Qo‘mitasida “Soliqlar tushumini prognozlashtirish” bo‘limida boshliq o‘rinbosari lavozimida ishladi. U Soliq xizmatining II darajali maslaxatchisidir. Gulchehra Tursunovna 2000 yilda Soliq va bojxona organlari Akademiyasi tashkil bo‘lganda uning Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasiga dotsentlik lavozimiga ishga o‘tdi. Hozirda u shu kafedra dotsenti, Akademiya Xotin - qizlar kengashining raisi hamdir.
    Soliq tizimidagi faol mehnati uchun Davlat Qo‘mitasi Soliq Akademiyasi tomonidan bir necha marotaba rag‘batlantirilgan. Mehnatkash ayol uch farzandning onasi. Hamma farzandlari oilali, oliy ma’lumotli va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladilar. Ayol uchun bundan katta xotirjamlik bormi!    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5