O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mansurova Munisa Anvarovna

    Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudiri texnika fanlari
    nomzodi Mansurova Munisa Anvarovna pedagogik mahorati, ilm yo‘lidagi izlanishlari bilan olima ayollar qatoridan o‘rin olayotgan iqtidorli yoshlardan. 2000 yil Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti bakalavriatini, 2002 yshsh “Tikuv buyumlari texnologiyasi” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlab, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” kafedrasida stajer tadqiqotchi bo‘lib mehnat faoliyatini boshladi. “Tikuv buyumlar texnologiyasi” kafedrasiga aspiranturada tahsil oldi va “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasida assistent lavozimiga ishga qabul qilindi.
    2010 yilda “Razrabotka sposoba polucheniya dvuxnitochnogo tsennogo stejka izgotovleniya shveyniyx izdeliyiz deformiruyushixsya materialov” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shundan so‘ng “Tikuv buyumlari texnologiyasi’ kafedrasi katta o‘qituvchisi, shu kafedraning dotsenti, “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. Hozirda “Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
    Mansurova Munisa Anvarovnaning 100 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan bo‘lib, jumladan, 2 ta monografiya: Mansurova M.A, Tadjibaev Z.Sh va Mansurova D. “Kinemati - cheskiy i dinamicheskiy analiz mexanizmov rabochix organov shveyniyx mashin dvuxni - tochnogo tsennogo stejka” va Mansurova M.A. “Teoreticheskie osnoviym polucheniya dvuxni - tochnogo tsennogo stejka dlya izgotovleniya shveyniyx izdeliy” Tashqent: “Fan va texnologiyalar marqazi”da chop etilgan.
    Ilmiy izlanishlari bo‘yicha 8 ta patent olingan. Ilmiy maqolalaridan 14 tasi nufuzli xalqaro xorijiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, olima 8 ta o‘quv - uslubiy ishlarning hammuallifidir.
    Munisa Mansurova 2015 yilda “Modernizatsiya resursosberegayushey konstruktsii i vnedrenie shveynoy mashiniy dlya polucheniya viysokoelastichniyx tsepniyx stejkov pri izgotovlenii kachestvenniyx izdeliy iz trikotaja” nomli innovatsion byudjet va 2 ta xo‘jalik shartnomalariga rahbarlik qilib kelmoqda.
    Mansurova Munisa Anvarovna rahbarligida 5 nafar magistr tayyorlangan. U “Ken- gaytirilgan xarakteristikali ikki ipli zanjirli bahyalarni olish texnologiyasini va tikuv mashinasi ishchi organlarini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida. Hozirgi kunda qator shogirdlari bilan turli xususiyaglarga ega bo‘lgan matolardan sifatli tikuv buyumlarini tayyorlash uchun yangi turdagi ikki ipli zanjirli choklarni yaratish texnologiyasini hamda ularni amalga oshiradigan tikuv mashinalarini takomillashtirish yo‘nalishlarida samarali ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
    Yosh olima ilmiy kengash a’zosi.
    Munisa Mansurova yosh bo‘lsada o‘zining intiluvchanligi, ilmiy salohiyati, pedagog sifatida dars o‘tishdagi o‘ziga xosligi, mahorati va olijanob fazilatlari orqali hurmat - e’zozga sazovor bo‘lgan.
    Mustaqillik yoshlari... Ular ozod va obod yurt farzandlari. Shu mustaqil Vatanda o‘sib, ulg‘ayib, o‘qib, ilm - fan rivojiga hissa qo‘shib, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Ilm ziyosi esa ularning yo‘llarini hamisha yoritib turadi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5