O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Maqsudov Ravshan Xasanovich

Maksudov Ravshan  XasanovichTexnika fanlari doktori, professor

     Ravshan   Maksudov 1959 yilning 1 oktyabrida  Farg‘ona  viloyatida  xizmatchi ziyolilar  oilasida  tavallud  topgan. 1976 yilda  Rishton  tumanidagi 58 - o‘rta  maktab ( hozirda 15 - umumiy  o‘rta  talim maktabi) ni  muvaffaqiyatli tamomlab,  shu yili  Toshkent to‘qimachilik  va yengil  sanoat institutiga o‘qishga  kirdi va uni 1981 yilda “To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari” ixtisosligi bo‘yicha, 1999 yilda esa “To‘qimachilik, yengil sanoat iqtisodiyoti va menejment” ixtisosliklari bo‘yicha imtiyozli tamomlab, injener – mexanik – texnolog va injener - iqtisodchi mutaxassislik kvalifikatsiyalarini olgan.
    2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining “Bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari” fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan va unga boshqaruv magistri akademik darajasi berilgan.
    R.X.Maksudov 1990 yilda “Razrabotka beskontaktno - operativnogo sposoba kontrolya samosogrevaniya xlopka - sftsa pri yego xranenii v buntax” mavzusida nomzodlik, 2016 yilda “Sozdanie ratsionalnmx sxem i metodm rascheta parametrov privodov osnovnmx texnologicheskix mashin xlopkovoy prommshlennosti” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Texnika fanlari doktori, professor. 2018 yildan Xalqaro injenerlar akademiyasining akademigi.
    Mehnat faoliyati davrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining kichik ilmiy xodimi, aspiranti, assistenti, dotsenti, Paxta sanoati texnologiyasi va mexanika fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Mashinalar nazariyasi va mashina detallari kafedrasi mudiri, Umumtexnika, Paxta sanoati texnologiyasi va mexanika hamda Yengil sanoat, matbaa sanoati mahsulotlari texnologiyasi va dizayn fakultetlari dekani, institutning akademik litsey va kasb - hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori hamda Respublika oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylar va kasb - hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektorlar Kengashi raisi, institut rektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
    R.Maksudov tomonidan o‘z faoliyati davrida innova - tsion loyihalar asosida “Zamonaviy kafedra boshqaruvi modeli”, “Namunaviy fakultet boshqaruv modeli” hamda “Oliy ta’lim muassasalarining turdosh kasb - hunar kol - lejlari bilan hamkorlikda ishlash modeli” yaratildi. Bu boshqaruv modellari hozirda respublikamizdagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedralari, fakultetlari hamda prorektorlari tomonidan boshqaruvda qo‘llanilib kelinmoqda.
    Unga 2004 yilda “Yilning eng yaxshi dekani” faxriy unvoni berilgan.
    R.X.Maksudov oliy ta’lim tizimida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borish bilan bir qatorda,  “Texnologik mashinalar muammolari” ilmiy - tadqiqot laboratoriyasining ilmiy rahbari sifatida o‘nlab shogirdlar tayyorlab kelmoqda va o‘z shogirdlari bilan davlat grantlari va innovatsion loyihalar asosida paxta sanoati, to‘qimachilik va yengil sanoat muammolarini yechishga qaratilgan kompleks ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Izlanish natijalari bo‘yicha u 300 ga yaqin ilmiy ishlarning, jumladan, 5 ta monografiya, 11 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 22 ta ixtirolar uchun patentlar hamda 100 ga yaqin o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Xorijiy dav- latlarning nufuzli ilmiy - amaliy jurnallarida 18 ta maqolasi chop etilgan, xalqaro ilmiy - amaliy konferen - tsiyalarda 24 ta ma’ruzasi bilan ishtirok etgan.
    R.Maksudov Xitoyning Shanxay universiteti, Germa- niyaning Leyptsig amaliy fanlar, Iqtisodiyot va madaniyat universitetlari, Shtutgart ilmiy markazi, Yaponiyaning Siyosiy tadqiqotlar instituti, Janubiy Koreyaning Sang - Mung, Chonnam, Soil, Keymyong universitetlari, Slovakiyaning Pavol Yojef Shofarin universiteti, Rossiyaning Moskva davlat texnika universitetlaridagi yuqori ilmiy salohiyatli professorlar, yetakchi olimlar bilan muntazam ilmiy aloqada faoliyat yuritib kelmoqda.
    Hozirda u Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi fizika - matematika va texnika fanlari ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 05s 28.02.2018.T.03.04 ilmiy Kengashi a’zosi hamda shu kengash qoshidagi 05.02.02. – “Mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashi- nashunoslik va mashina detallari” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi, Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi RE. 30.05.2018.T.66.01 raqamli ilmiy Kengash raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Injenerlar federatsiyasi hamda O‘zbekistonning chet el mamlakatlari bilan do‘stlik va madaniy aloqalari Kengashida “O‘zbekiston  –  Gruziya” do‘stlik jamiyatining a’zosidir.
    Mehnat faoliyati davrida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zpaxtasanoat”, “O‘zbekengilsanoat”, “O‘zbekcharmpoyabzal”, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek, viloyatlar hokimliklari tomonidan Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan.
    2018 yil mart oyidan boshlab respublikamizdagi to‘ng‘ich oliy o‘quv yurtlaridan biri Farg‘ona davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5