O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Maqsumova Oyto‘ra Sitdiqovna

Maqsumova Oyto‘ra Sitdiqovna    Maqsumova Oyto‘ra Sitdiqovna, 22 iyul 1949 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent kimyo - texnologiya instituti kafedra mudiri, kimyo fanlari doktori, professor.
  Oyto‘ra  Toshkent politexnika instituti kimyo - texnologiya   fakultetiga  o‘qishga kirganda institutda qizlar juda kam edi. O‘sha paytda negadir bu institutda egallaniladigan mutaxassisliklarni go‘yo faqat o‘g‘il bolalar uddalaydiganday edi. Oyto‘ra  ham guruhda yolg‘izgina qiz edi. Shuning uchunmi yigitlar uni asrab - avaylashardi. Oyto‘ra esa bor kuchi bilan faqat a’lo baho olishga intilardi. Bu bilan, men hech qaysi yigitdan kam emasman, demoqchi bo‘lardi, go‘yo. 1971 yilda “Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha injener texnolog diplomini olgan O. Maqsumova Davlat ta’minot boshqarmasida yetakchi injener sifatida ish boshladi. Oyto‘radagi ishtiyoq va qobiliyatni kuzatgan ustozlari unga o‘qishni davom ettirishni maslahat berishdi.
  U ko‘p o‘tmay kimyo - texnologiya institutining aspirantiga aylandi. Ilmiy ish yozishga kirishdi. 1985 yilda “Dimetilamino etilmetakrilatni to‘rtlamchi tuzlarini polimerlanish va sopolimerlanish reaksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kimyo fanlari nomzodi Oyto‘ra Sitdiqovna endi ish faoliyatini institutda davom ettirdi. Katta ilmiy xodim attestatini olgach, uni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga ishga taklif qilishdi. Pedagogik faoliyatiga ilmiy yo‘nalishni ham qo‘shib olib borgan Oyto‘ra opa ko‘p o‘tmay dotsent bo‘ldi. 1995 yilda xalqaro ilmiy fond Soros - AQSh grantini, 2001 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi ilmiy - texnika grantini olishga muvaffaq bo‘ldi.
  Oyto‘ra Sitdiqovna 2002 yilda yana jonajon Kimyo - texnologiya institutiga ishga qaytdi. “Yoqilg‘i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi” fakulteti dotsenti 2005 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, kimyo fanlari doktori bo‘ldi.
  Endi Oyto‘ra Sitdiqovnaning o‘zi ham aspirantlarga ustozlik qila boshladi. Uning rahbarligida to‘rtta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, yana to‘rtta mustaqil tadqiqotchi dissertatsiya ustida izlanmoqda. “Organik kimyo va og‘ir organik sintez texnologiyasi” kafedrasi mudiri O. Sitdiqovna shu kungacha ikkita darslik, bitta monografiya yaratdi, 145 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari matbuotda e’lon qilindi.
  Oyto‘ra opa nafaqat faol olima, faol pedagog, balki faol jamoatchi ham. U institutda tashkil qilinadigan trening, anjuman, yig‘ilishlarning tashabbuskori, qatnashchisi. U institut ilmiy kengashi “Yoqilg‘i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi” fakulteti ilmiy - uslubiy kengashlari a’zosi. Institut birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi sifatida yosh olimlarga yaqin maslahatchi, hamkasblariga hamkor, fikrdosh.
  Oilali ikki nafar o‘g‘li bor. Katta o‘g‘li texnika fanlari nomzodi, dotsent, kichik o‘g‘li arxitektura - qurilish kompaniyasida bosh arxitektor bo‘lib ishlaydi. Ikkita kelin uchta nabiraning mehribon buvijonisi. Qizim yo‘q deb o‘ksimaydilar, chunki kelinlari o‘z qizlaridek aziz.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10