Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1908 yil 8 martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1924 - 1929 yillarda Toshkent pedagogika texnikumida, 1930 - 1935 yillar davomida O‘zbekiston davlat universiteti filologiya fakultetida tahsil olgan. 1935 - 1963 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘z tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 1963 - 1966 yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, 1966 - 1976 yillarda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti katta ilmiy xodimi vazifalarida faoliyat olib borgan.
1949 yilda “O‘zbek tilida hol ergash gaplar” mvzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘z ilmiy faoliyatini ta’lim sohasiga yo‘naltirishi bilan alohida ajralib turadi. Olim Farg‘ona davlat pedagogika institutida ishlab yurgan davrida umumta’lim maktablari uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari , dasturlar hamda lug‘atlar yaratishga e’tibor qaratdi. Uning “Ona tili metodikasi”,”Pedagog va o‘qituvchilar institutlarining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari uchun o‘zbek tili normativ grammatikasidan programma”,”O‘zbek maktablarining 8 - 10 sinfllari uchun o‘zbek tilidan programma”,”O‘zbek tilidan qo‘llanma”, “Paronimlar lug‘ati”singari qator asarlari o‘rta va oliy maktablarning filologiya yo‘nalishi talabalari uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.