O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Marupova Manzura Aminovna

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent

    1957 yil 14 mayda  Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. 1974 yilda  Buvaydagi tumanidagi 1 - o‘rta maktabni tamomladi.
  1974 - 1979 yillar davomida Farg‘ona davlat  pedagogika instituti tibbiyot - geografiya  fakulteti  ximiya - biologiya  yo‘nalishida  o‘qib,  imtiyozli diplom bilan tamomladi.
  1980 - 1983 yillar davomida  O‘rta Osiyo  o‘simliklarni  himoya qilish  ilmiy tekshirish   institutining kunduzgi  bo‘lim aspiranturasida  tahsil olgan. 1987 yili Sankt - Peterburgdagi  Butun ittifoq o‘simliklarni himoya qilish   ilmiy tekshirish institutida “O‘zbekiston Respublikasida  g‘o‘za gommoz  kasalligining  tarqalishi  va unga qarshi kurash choralari” mavzuidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli himoya qilgan.
  1983 - 1986 yillari BIO‘HQITI da laborant, ilmiy xodim, 1986 - 1992  yillari  Toshkent agarar  universitetida o‘qituvchi, 1992 - 1999 yillari Farg‘ona  davlat universitetida katta o‘qituvchi, dotsent, dekan o‘rinbosari, o‘quv  bo‘limi  boshlig‘ining  sirtqi bo‘lim  bo‘yicha  muovini  lavozimlarida  faoliyat olib borgan.
  1999 - 2005 yillari  Davlat bojxona  qo‘mitasi Farg‘ona regional o‘quv  markazida o‘qituvchi, bosh nozir  lavozimi da xizmat qildi.  2005 yildan  boshlab Farg‘ona davlat universitetida  katta o‘qituvchi, dotsent,  2012  yildan boshlab  esa umumiy  ekologiya  va botanika kafedrasi  dotsenti  lavozimida  faoliyat  ko‘rsatib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5