Taspolat Matibaev 1961- yili Chimkentning Turkiston shahrida tavallud topgan.Mehnat faoliyatini 1981- yili Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida oddiy frezerchi vazifasidan boshlagan. 1988- yili Samarqand davlat tibbiyot institutini tugatib 1- sonli tamiryo‘l kasalxonasida 8 yil jarrox bo‘lib ishladi.1996- yildan temiryo‘l sil kasalliklari shifoxonasida bosh shifokor lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Salohiyatli shifokor 2002- yil fevralda “ O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi “ Sihatgoh” sanatoriy-profilaktoriysi bosh shifokori etib tayinlandi.
Taspolat Matibaev “ Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi va ijroiya qo‘mitasi azosi,partiyaning Mirobod tuman kengashi raisidir. 2009- yil bo‘lib o‘tgan saylovlarda u 19-Fayziobod saylov okrugidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylangan. 2013- yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining mahallliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi,” O‘zbekiston temiryo‘llari” DATK ning manaviyat va marifat kengashi azosi, targ‘ibot-tashviqot ishlari gurux rahbari sifatida ezgu amallarga bosh qo‘shgan. U respublikamizning barcha viloyatlarida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining yoshlari orasida sog‘lom turmush tarzi va manaviy –marifiy yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazib keladi.Prezidentimiz tashabbusi bilan “Toshguzar –Boysun- Qumqo‘rg‘on” temiryo‘li qurib bitkazilgandan so‘ng bu yerda hukumat qaroriga muvofiq “O‘zbekiston temiryo‘llari” DATK balansiga o‘tkazilgan “ Omionxona” sihatgoxida uni qayta rekonstruktsiyalash ishiga boshchilik qilmoqda . 2004- yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini muvaffaqiyatli tugalladi. Shuningdek, Toshket temiryo‘l transporti muhandislari instituti iqtisod fakultetining sirtqi bo‘limida tag‘sil olib temiryo‘lchi muhandis sifatida ham bilimina mukammallashtirdi. 2008- yili “O‘zbekistonda fuqorolikjamiyati asoslarini barpo etish jarayonida ijtimoiy adolat va demokratiyaning o‘zaro aloqadorligi” mavzuidagi dissertatsiyasini himoya qilib sotsiologiya fanlarinomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Olim,muhandis va shifokor 40dan ziyod risola, ijtimoiy mavzudagi qator ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifidir. 2013- yili olimning “Jaholat xuruji” kitobi chop etildi. Hozirda T. Matibaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi doktorantidir.T.B. Matibaev olim, muhandis, shifokor va ..... oila ustuni hamdir. Otasi Boltaboy ota ( savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, marhum va 80 yoshli volidasi Anipaxon ayaning duolari bilan shu kunlarga yetganiga , jigargo‘shalari Afizaxon ( vrach), Muradjon (rahmatli),Farxodjon (tadbirkor), Raziyaxon (olima), Qayratjon ( qurilishda ish yurituvchi) va rafiqasi Saule (dorishunos), farzandlari Indiraxon (ToshPIT talabasi), Akmaralxon (Vestminister universiteti talabasi), Azizaxon va Aydana (o‘quvchi ) ning mehridan ko‘ngli obod yashayotganiga shukrona keltiradi.