O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Matkarimov Kamoliddin Jo‘raboevich

Matkarimov Kamoliddin Jo‘raboevich     1968 yil 20 mayda  Namangan viloyati  Kosonsoy tumani Qo‘qimboy  qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1985 yilda Kosonsoy tumanidagi 31 - o‘rta maaktabni  tamomlab,  shu yili  Toshkent politexnika  institutining  Namangan filialiga o‘qishga kirgan. 1993 yilda “Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi  va ta’mirit ” mutaxassisliginii  imtiyozli  diplom bilan tamomlagan.
    1986 — 1989 yillarda harbiy dengiz flotida xizmatda bo‘lgan. 1993 yilning avgust oyidan boshlab Namangan muhandislik - pedagogiga institutida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi va hozirgi kunda avtomobillar, traktorlar va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri vazifasida ishlamoqtsa.
    1998 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Nyu Paltts” kollejida malaka oshirishda bo‘lgan.
    2002 yilda “Mikroiqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha “Avtotransport — yo‘lmajmuasi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uslubiyoti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
    U oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun “Tashkilot va tashkiliy boshqarish nazariyasi” nomli darslik va kasb - hunar kollejlari uchun “Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar” nomli o‘quv qo‘llanmasi muallifidir. Ilmiy - pedagogik fao - liyati mobaynida 50 dan ziyod ilmiy maqola va uslubiy ko‘rsatmalar yozgan hamda 4 ta ixtiro uchun O‘zbekiston Respublikasi patenti muallifidir.
    Hozirgi paytda “Avtotransport — yo‘l majmuasi kor xonalarining samaradorligini oshirish masalalari” mavzusidagi monografiya ustida ish olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5