O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Matlyuba Qahhorova

    Matlyuba osuda tunlar osmonga boqib yulduzlarni tomosha qilishni bolaligidan yaxshi ko‘rar edi. Ko‘nglidagi barcha gaplarini, sir-asrorlarini yulduzlar bilan o‘rtoqlashar, shivir-shivir qilib shoirona qalbini zabt etgan tuyg‘ular xaqida suxbat qurar edi. Undagi bu xayolchanlik onasini ozroq bezovta qilardi. Kunlarning birida ona xayol surib o‘tirgan qizi yoniga kelib:
    — Bolajonim, yulduzlarga nega buncha tikilding? - dedi.
    —    Aya, orzularim juda ko‘p — xuddi mana shu yulduzlar misoli. Ularga yetisha olamanmi? Bilmadim ... Yulduzlarga yeta olmaymiz-ku, axir.. 
    -    Voy, qizalog‘im-ey, nima gap ekan deyman-a? Albatta yetishasan. Sen xayol surmay, harakat qil. Maqsad qo‘ydingmi  uni bajarmay qo‘yma.
    O‘shanda Matlyuba yoshgina qizaloq edi. Onaning o‘giti qulog‘iga quyildiyu, u qat’iyatli, tirishqoq bo‘lib yetishdi. O‘ziga va o‘z kuchiga ishondi. Tunlarini tongga ulab badiiy, ilmiy kitoblar o‘qidi. Hali uning tengdoshlari ertak va rivoyatlarni mutolaa qilganda, u mumtoz adabiyotimiz durdonalaridan allaqachon boxabar edi. Gazeta va jurnallarku, jonu dili bo‘lgan. Shu zayl dunyoqarashi kengaya bordi. Farg‘ona Davlat universitetiga kirganda xam qolganlardan zukko va bilimdonligi bilan ajralib turdi. Ammo bu yerda olgan bilimi unga go‘yo kamlik qilgandek edi. U ilmiy izlanishlarini davom ettirgisi, bilimini ziyoda etgisi keldi. 1992 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetiga tadqiqotchi-izlanuvchi bo‘lib ishga keldi. Poytaxtda, imkoniyatlar keng, kitoblar, dasturu darsliklar yetarli. Ustozlar ham Matlyubaning qo‘nglidagidek edi. Ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda u bolalar bilan bevosita maktab sharoitida xam ishlashga qaror qildi. Sababi, bolaning qalbini bilish!, unga yo‘l tonish, shuning barobarida darslarga qiziqtira olish kelajakda kattalar bilan ishlashga munosib zamin bo‘lardi. Matlyuba Xamza rayonidagi 30-maktabda faoliyat yuritdi. 1993 yilda aspiranturaning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Pedagogika universitetining «Etika-estetika» kafedrasida laborant, katta laborant sifatida ishladi. 1996 yildan to bugungi kunga qadar «Demokratiq jamiyat qurish  nazariyasi va amaliyot» kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent hamda kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    Qaxhorova Matlyuba Mannopovna «Vorislik - xulq-odob qadriyatlarini shakllantirishning muhim omili» mavzusida ilmiy tatqiqot olib borib, 2000 yilda ushbu ishni muvaffaqiyatli yakunlab, shu yilning dekabr oyida unga falsafa fanlari nomzodi darajasi berildi. U mavzuga oid maqolalari bilan respublika va universitet miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadi. Ushbu mavzu yoritilgan maqolalari davri11 matbuotda ham e’lon qilinyapti. Bugungi qunda u falsafa fanlari doktori, professor X. A. Shayxova rahbarligida doktorlik ishi ustida izlanishlar olib bormoqda. Uning «Ma’naviy- axloqiy muhnt, mohiyat, muammo va yechimlar» mavzusiga doir turli chiqishlari million matbuot tizimida muntazam chop etilib, mushtariylarning fikr-mulohazalariga, bahs-munozaralariga sabab bo‘lmokda. Maglyuba Qahhorova zamonamizning talabchan ustozi darajasiga yetdi. Uning talabalari o‘zi singari ilmga chanqok, loqaydlikdan yiroq yoshlardir.
    Endi u tunda osmonga qarab onasining o‘gitini bot-bot eslaydi. Yulduzlar monand yuzlab shogirdlari uning ko‘ngliga ajib bir nur tarqatishayotganligini his qilib, baxtidan qoniqib, shukrona qiladi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar10



Filologiya70