O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Matyakubov Ro‘ziboy Murodovich

Matyakubov Ro‘ziboy MurodovichKimyo fanlari nomzodi, dotsent

    1948 yil  19 fevralda  Xorazm viloyatining  Xonqa tumanidagi  Qoraqosh  qishlog‘ida tavallud topgan. 1972 yili Toshkent davlat pedagogika  institutning  kimyo - biologiya fakultetini  imtiyozli tugatdi. Farg‘ona   plastmassalar   ilmiy  tekshirish  institutida ish faoliyatini boshladi.
  1981 yilda Qozog‘iston  Fanlar akademiyasining  Elektroximiya va organik  kataliz  institutida nomzodlik dissertatsiyasini   yoqladi.
  1972 - 1992 yillarda plastmassa ilmiy  tekshirish institutida kichik  ilmiy xodim, katta  ilmiy xodim  va laboratoriya  mudiri  lavozimlarida  ishladi.
  1992 yildan hozirgacha Farg‘ona davlat   universiteti noorganik va fizikaviy   kimyo   kafedrasida dotsent lavozimida  ishlab kelmoqda .
  R. Matyakubov 225 dan ortiq ilmiy  va uslubiy maqolalar, risolalar , monografiyalar, o‘quv - uslubiy  qo‘llanmalar   muallifi, 15 dan ortiq mualliflik  guvohnomalari sohibidir.
  U pedagogik faoliyat  bilan birgalikda  kimyo fanining  turli sohalarida: kinetik kataliz, fizi kimyo, geterogen  katalizining  fizik-kimyoviy asoslari ,  getrotsiklik  birikmalarning  reaktsion  qobiliyati, kvant   mexanikasi, modda  tuzilishini  o‘rganadigan fizik metodlar, katalitik  jarayonlardagi  moddalar va  analizning optik hamda  elektorkimyoviy  usullari   sohalarida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda Iqtidorli talabalar bilan  ishlash sohasida  ham  yutuqlarga erishdi. Jumladan, kimyo yo‘nalishi  talabalari   N. O‘sarova 2002   yilda  Zulfiya nomidagi  davlat mukofati, F. Qurbonalieva Ulug‘bek stipendiyasi   laureati  bo‘ldi.
  R. Matyakubov  ilmiy ishlarining 63 tasi Rossiya Federatsiyasi va Latviya  ilmiy nashrdarida  chop etilgan. 2004 - 2005 yillarda  O‘zFA  fundamental  ilmiy  tadqiqotlarni  qo‘llab - quvatlash  markazi  granti sohibi bo‘lgan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5