Ilmning ziyosi... U nafaqat dillarga kirib borib uni boyitadi, yoritadi, balki uning shu nuri insonning chehrasiga nur, fayz beradi desam mubolag`a bo‘lmas... Umrini ilmga bag‘ishlagan insonlar bilan suhbatlashgan sayin men shunga yana bir karra amin bo‘ldim. Toshkent Davlat Texnika universiteti “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor, 2013 yil sentyabr oyidan Ukraina Metrologiya Akademiyasining akademigi va hakiqiy a’zosi Matyoqubova Paraxat Mayliyevna ham ana shunday ezgu niyatlari, ichki go‘zalligi, bilimdon, zukkoligi latofatli, hamisha kulib turadigan chehrasida aks etgan olima ayol.
Paraxat Matyoqubova 1983 yili Toshkent Elektrotexnika aloqa instituti (TATU)ni tugatib, o‘z ish faoliyatini Urganch shahar shaharlararo telefon aloqa stantsiyasida muhandis lavozimda boshladi hamda Urganch axborot texnologiyalari akademik litseyida o‘rindoshlik asosida ishladi. 1991 yil Urganch Davlat Pedagogika institutining “Umuminjenerlik fanlari” kafedrasida o‘qituvchi, so‘ngra Urganch davlat universitetida stajer - tadqiqotchi lavozimida ilmiy ish faoliyatini olib borgan. 1993 yil Toshkent Davlat Texnika universitetining “Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirish” kafedrasi aspiranti bo‘ldi va 2000 yil texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Don mahsulotlarini elektrofizik parametrlarini nazorat qilish tizimlarini aniqlik tavsiflarini yaxshilash” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan.
1997 yil Urganch Davlat universiteti “Umuminjenerlik fanlari” va “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedralarida katta o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini davom ettirgan.
Paraxat Matyoqubova 2003 yil 1 yanvar oyida Toshkent Davlat Texnika universitetining “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasiga akademik N.R. Yusupbekov rahbarligida doktaranturaga qabul qilinib, 2009 yil texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun “Tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Don mahsulotlarini namlik - issiqlik bilan qayta ishlashda parametrlarni nazorat qilish usullari va texnik vositalari” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan.
2007 yildan Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida ilmiy kotib va “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Paraxat Mayliyevna 2010 yildan Toshkent Davlat Texnika universiteti “Metrologiya, standartlashtirish, sertfikatlashtirish” kafedrasining dotsenti, 2012 yildan kafedra professori, 2013 yildan shu kungacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Olima shu kunga qadar 3 ta dastlabki patent olgan va 160 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar hamda 2 ta darslik, 15 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar chop etgan. Hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Markazining GNTP 26 – “Razrabotka priborov kontrolya sostava i svoystv vodiy, vozduxa, pochviy, selskoxozyaystvennoy i promыshlennoy produktsii”; “Razrabotka metodov i sredstv realizatsii intellektualizirovanniyx texnologiy kontrolya i upravleniya slojniymi texnologicheskimi kompleksami i ustanovkami”; “Razrabotka kontseptsiy i printsipov postroeniya intellektualnыx sistem upravleniya slojnыmi texnologicheskimi protsessami i proizvodstvami” ilmiy - tadqiqot loyihalarida katta ilmiy xodim sifatida qatnashgan.
Professor Matyoqubova Paraxat Maylievna “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha 8 ta magistr va “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha 20 dan oshiq bakalavrlarga ilmiy rahbarlik qilgan.
Paraxatxon oilali, 3 nafar farzandning onasi.