O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mavjuda Aliahunova

    1946 yil 30 oktyabrda toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1964 yilda Toshkent shahridagi 82-o‘rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Toshkent Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. Ushbu dargohni davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tugatib, 1972 yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmii-tekshirish  institutida avval shifokor, 1984 yildan esa bo‘lim rahbari bo‘lib ishlaydi.
    Mavjuda Aliahunova 1981 yilda Moskvada nomzodlik va 1991 yili doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 
    U yangiliklarga intiluvchanligi, mehnatsevarligi, kasbiga sadoqatliligi bilan hamkasblari orasida ajralib turadi. Mehribon va e’tiborli, kamtar hamda samimiy inson, oliy malakali shifokor. Uning rahbarligi ostida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. Qator nomzodlar himoya arafasida.
    Mavjuda Yusupaxunovnaning 100 dan ortiq ilmiy maqolalari chet elda, MDH mamlakatlari va respublika ilmiy-ommaviy nashrlarida chop etilgan. U 30 dan ziyod uslubiy qo‘llanmalar muallifi hamdir. Revmik kasalliklar bilan xasta bemorlarni tiklash dasturining muallifi ham bizning qaxramonimiz.
    M.Yu.Aliaxunova Yevropa va Rossiya revmotologlari uyushmasi a’zosi. Ma’ruzalar bilan Rossiya, Germaniya, Avstraliya ilmiy anjumanlarida qatnashgan. Uning ilmiy yunalishlari tabiiy va sun’iy fizik omillarning a’zolar faoliyatiga ta’sirini zamonaviy tekshirish usullari bilan o‘rganish va davolashga yo‘naltirilgan. M.Yu. Aliaxunova vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi halol va samarali xizmatlari hamda jamoat turmushida faol ishtirok etayotganligi uchun 1994 yili O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan. Tibbiyot fanlari doktori.  
    Bugungi kunda Respublika Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy-tekshirish institutida direktor muovini lavozimida ishlaydi.
    Umr oqar daryo deydilar. Kimlardir hayotining har bir daqiqasini oltinga teng bilib, undan unumli foydalanishga intiladi. O‘zlarini ham, o‘zgalarni ham qadrlab, qo‘llaridan kelganicha yaxshilik qilishga intiladi. M.Yu. Aliaxunova har bir daqiqani qadrlab, insonning salomatligi yo‘lida ulkan yangliklar qilmoqda. Farzandlarini ham el koriga yaraydigan, vijdonli qilib tarbiyaladi. Katta qizi Madina - shifokor stomatolog, o‘g‘li Nosir - huquqshunos, kichik qizi Davira esa sharqshunos, ayniqsa nevaralari Mavjuda Yusupaxunovnaning jonu dili. Mahalla-ko‘y ham bu ajoyib oilani hurmatlab tilga oladi. Baxtu iqbol porlab turgan bu xonadon gullab-yashnashiga biz ham tilakdoshmiz.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya20