Hasan Yusupovich Mavlanov 1965 yil 11 sentyabrda Namangan tumani toshbuloq qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1982 yilda Namangan tumanidagi 23 - o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1983 - 1985 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi va 1989 yilda ushbu universitetni kvant radiofizikasi ixtisosligi bo‘yicha tugatdi.
Ish faoliyatini 1989 yilda ToshDU yo‘llanmasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Eloktronika ilmiy - tekshirish institutida ilmiy - tadqiqotchi lavozimida boshladi.
1990 yildan ToshPIning Namangan filialining (hozirgi NamMPI) fizika kafedrasida o‘quv laboratoriyasi mudiri vazifasida ish boshladi.
1991 yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt - Peterburg shahridagi A.F.Ioffe nomidagi fizika - texnika ilmiy - tekshirish institutida stajyor - tadqiqotchi sifatida ilmiy ishlarini davom ettirdi. U bu davrda ilmiy - tekshirish institutining taniqli olimlari bilan hamkorlikda maqolalar chop etdi va institut ilmiy seminarlarida faol ishtirok etdi.
1992 yilda mazkur institut aspiranturasining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga qabul qilindi.
1996 yilda “Aralashmali amorf kremniyda defekt zichliklari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va unga fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
X. Yu. Mavlonovning ilmiy ishlari “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va texnikasi”, “Qattiq jismlar fizikasi” jurnallarida hamda MDH mamlakatlari (1994 y.) va Frantsiyada (1995 y.) o‘tkazilgan ilmiy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi.
1997 yildan Namangan muhandislik - pedagogika institutida katta o‘qituvchi, 2002 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqtsa.
X.Yu.Mavlonov 20 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar muallifidir.