O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mavlonova Mavjuda Nabiyevna

    Mavlonova Mavjuda Nabiyevna 1950 yilning 2 mayida Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1968 yilda Shayxontoxur tumanidagi 40 - o‘rga maktabni, 1973 yilda esa ToshDUning kimyo fakultetini bitirgan. 1973 —1975 yillarda Toshkent Politexnika instituti kimyo - texnologiya fakultetining fiz - kolloid kimyo kafedrasida tadqiqotchi bo‘lib ishladi. 1975 yilda aspiranturaga kirib, uni 1978 yilda tugatdi. Shu yildan boshlab ilmiy ishlar bo‘yicha assistentlik lavozimida ishladi. 1983 yili “Sulfanil kislota va formaldegid asosida olingan polimerlar fizkolloid kimyosi va ularning dispers sistemalarga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1986 yildan M.N. Mavlanova katta o‘qituvchi bo‘lib ishlay  boshladi. 1993 — 1994 o‘quv yilidan boshlab dotsentlik lavozimida ishlab kelmoqda.
    Mavjuda Nabiyevna “Disners sistemalar kolloid - kimyoviy xossalarini yuqori molekulali sirtaktiv moddalar ishtirokida boshqarish” mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda. Uning 50 ga yaqin ilmiy ishlari, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan. Bir necha mualliflik  guvoxnomalariga ega.
    M.N. Mavlonova ilmiy nashrlar bilan birgalikda kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham bir qancha uslubiy ishlarga ham mualliflik qildi. 2003 yil “Yilniig eng yaxshi ma’ruza matni” respublika tanlovida qatnashib. Fizkolloid kimyo fani”dan ma’ruzalar matni uchun 2 - o‘rinni oldi va Vazirlik mukofoti sovrindori bo‘ldi.
    Hozirgi kunda M.N. Mavlonova muallifligidagi “Fizikaviy va kolloid kimyo fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. Ustoz olimaning “O‘zbekistonda kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixi” nomli tarixiy - ilmiy monografiyasi nashr etilish arafasida. Fidokor ayolning yana bir xurmatga sazovor tomoni shundaki, u iqtidorli talabalar bilan ilmiy - tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda. Mavjuda Nabiyevna institutning jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. U Organik moddalar va yoqilg‘i ishlab chiqarish fakulteti murabbiylar kengashining raisi, institutning o‘quv jarayoni nazorati ichki inspektsiyasi va monitoringi bo‘limida jamoatchi inspektoridir. U Vazirlik ko‘rsatmasi va ToshKTI Ilmiy kengashi qaroriga binoan, institutda xizmat ko‘rsatgan dotsent unvonini olgan. Ha, azizlar, bu unvon ham o‘ziga xos taqdirlanishdir.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5