Texnika fanlari nomzodi, dotsent
1943 yil 18 yanvarda Rishton tumanidagi Oq yer qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi Maxsudali G‘iyosiddinov o‘sha va onasi Marifat G‘iyosiddinovalar o‘sha paytdagi jamoa xo‘jaligi azolari bo‘lishgan – asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan.
Bo‘lajak olimning bololik va o‘smirlik yillari o‘zi tavallud topgan Oq yer qishlog‘qtsa o‘tdi. 1950 yili Rishtondagi 1 - maktabga o‘qishga kirib, 1960 yilda shu maktabni a’lo baholarga tamomladi. 1960 - 1962 yillari o‘z mehnat faoliyatini Oq yerdagi jamoa xo‘jaligida oddiy chilangarlikdan boshladi. Bolalikdagi beg‘ubor orzulari uni tinmay shaharga chorlar edi. Nihoyat, 1962 yili Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining mexanika fakulteti talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Ulkan orzular bilan endigina o‘qishni boshlagan navqiron yigit shu yilning kuzida harbiy xizmatga chaqirildi va 1965 yilning kuziga qadar harbiy dengiz flotida yigitlik burchini o‘tadi.
Harbiy xizmatdan qaytgan Oybola Maxsudov 1965 - 1970 yillari Toshkentda o‘qishini davom ettirdi va paxtani dastlabki ishlash ixtisosligi bo‘yicha institutni tamomladi. Har tomonlama tengdoshlariga namuna ekanligi, rus tilini va o‘z sohasini puxta bilganligini inobatga olgan institut ma’muriyati uni oliy o‘quv yurtida olib qoldi. Shu zayl O. Maxsudovning mehnat faoliyati boshlanib ketdi. U 1970 - 1973 yillari o‘zi tahsil olgan institut komsomol komiteti sekretari va yarim ish o‘rnida o‘qituvchilik lavozimida faoliyat yuritdi. Oliy o‘quv yurti yoshlari sardorining layoqati, dunyoqarashi, eng muhimi, ilm - fanga bo‘lgan qiziqishini payqagan ustozlari unga aspiranturada o‘qishni taklif qilishdi va Oybola Maxsudov 1973 - 1976 yillari kunduzgi aspiranturada o‘qidi. Aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlaganidan keyin Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Marg‘ilon filialida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab, talabalarga dars berdi.
1976 yili texnika fanlari doktori, professor G. I. Boxdinskiy va texnika fanlari nomzodi, dotsent D. A. Kotovlar ilmiy rahbarligida “Vliyanie optimalnogo sootnosheniya mejdu skorostyami pilnogo tsilindra i sftsovogo valika na kachestvennsh pokazateli djinirovaniya” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va 1977 yili texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
O. Maxsudov 1992 yildan 2003 yilgacha Farg‘ona politexnika institutida dotsentlik lavozimida faoliyat yuritib, talabalarga asosan nazariy va tatbiqiy mexanika fanlaridan saboq berdi. 2003 yili nafaqaga chiqdi. Afsuski, 2006 yili beshafqat o‘lim uni oramizdan olib ketdi.
Mehnat faoliyati davrida o‘ta kamtarligi va mehnatkashligi bilan alohida hurmat - e’tiborga sazovor bo‘lgan Oybola Maxsudov o‘z ustida tinmay ishlar, talabalarga qalb qo‘ri bilan ta’lim - tarbiya berar edi. Undan “Statika masalalarini EHM yordamida yechish”, “Korrektsiyalangan tishli g‘ildiraklarning asosiy geometrik parametrlarini aniqlash”, “Qattiq jismning aylanma harakati kinematik analiziga doir”, “Mexanizm va mashinalar nazariyasidan laboratoriya ishlarini bajarish” kabi dolzarb mavzulardagi o‘nga yaqin o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, 50 dan ortiq ilmiy, ilmiy - ommabop maqolalar shogirdlariga meros bo‘lib qoldi.